Алоқа корхоналарини ташкиллаштириш ва режалаштириш
Ushbu kitob aloqa korxonalarini tashkil etish va rejalashtirish fanining o'quv qo'llanmasi bo'lib, aloqa sohasini rivojlantirish, korxonalarni tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa korxonalarini rejalashtirish va boshqaruv, xizmat sifatini nazorat qilish, narxlarni shakllantirish va investitsiya faoliyatini o'z ichiga oladi. Qo'llanma talabalarga aloqa korxonalarini tashkil etish va rejalashtirish bo'yicha bilim beradi.
Asosiy mavzular
- Aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojlanishini nazariy asoslari: Ushbu bobda aloqa va axborotlashtirish sohasining roli, asosiy tushunchalari, tendentsiyalari hamda boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Aloqa korxonalarida zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari ham o'rganiladi.
- Boshqaruvda tashkil etishning nazariy asoslari, qonun va tamoyillari: Ushbu bobda bozor iqtisodiyotida tashkillashtirishning mohiyati, boshqaruv tizimida tashkil etish tushunchasi, boshqaruvni tashkil etish qonun va tamoyillari batafsil yoritilgan.
- Korxonalar faoliyatini tashkillashtirish: Ushbu bobda milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o'rni va roli, korxona tashkil etish tamoyillari, ta'sis hujjatlari, korxonalarning davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda – korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida: Ushbu bobda korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari, korxonalarni tasniflash, ularni boshqarish kabi masalalar yoritilgan.
- Axborot-kommunikatsiya sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish: Ushbu bobda aloqa sohasida zamonaviy boshqaruv tizimi, boshqaruv tizimi elementlarining islohotlar davridagi shakllanish qonuniyatlari, axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv usullarini rivojlanishi masalalari ko'rib chiqiladi.
- Aloqa korxonalarining tashkiliy tuzilishi va funksiyalari: Ushbu bobda aloqa korxonalarining tashkiliy tuzilishi tushunchasi, korxona boshqaruv funksiyasi, aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy funksiyalari, tashkiliy tuzilmaga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi.
- Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish: Ushbu bobda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish, uning ta'rifi, vazifalari va ahamiyati; rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi; biznes-reja, uning ahamiyati batafsil yoritilgan.
- Korxonada mehnat jamoalarini boshqarish, rejalashtirish va mehnatga haq to’lash: Ushbu bobda mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari; mehnat resurslariga bo'lgan extiyoj; mehnat unumdorligi; korxonalarda mehnatga haq to'lash masalalari yoritilgan.
- Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya: Ushbu bobda axborotlar tizimi, ularga qo'yiladigan talablar; Hozirgi davrda xalq xo'jaligini boshqarishda axborotning ahamiyati,kommunikatsiya masalalari yoritilgan.
- Korxonaning investitsion faoliyati: Ushbu bobda investitsiyalar mohiyati, ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati;investitsiyalar moliyalashtirish manbalari kabi masalalar yoritilgan.