Maktabgacha oligofrеnopеdagogika (darslik)
Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarida aqli zaif bolalar bilan ishlash bo'yicha qo'llanma bo'lib, oligofrenopedagogika nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan. Kitobda aqli zaif bolalarning psixofiziologik xususiyatlari, ularning ta'lim-tarbiya metodlari, jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasi masalalari yoritilgan. Qo'llanma pedagogika institutlari talabalari, defektologlar va tarbiyachilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Maktabgacha oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari: Oligofrenopedagogikaning predmeti, vazifalari, metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Fanning metodlari va muammolari.
- Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari: Go'daklik va ilk yosh davrida aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixik rivojlanishi. O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsiyalash va tarbiyalash ishlarini tashkil etish.
- Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlar: Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida ta'lim mazmunini aniqlashga yondoshish. Bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalash usullari. Faoliyatni shakllantirish.