Телекоммуникация тизимлари ва тармоқлари
Ushbu to'plam "Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari" fani bo'yicha laboratoriya ishlarini o'tkazishga mo'ljallangan uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma telekommunikatsiya tarmoqlarining qurilish tamoyillari, signallarni raqamli ko'rinishga o'tkazish usullari, abonent terminallari, kommunatsiya tizimlarining element bazasi, boshqaruv qurilmalari va boshqa muhim jihatlarini o'rganishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Analog signalni raqamli signalga aylantirish usullari: Impuls-kodli modulyatsiya asosida signallarni analog-raqamli va raqamli-analog o'zgartirish tamoyillari, signallarni o'zgartirish bosqichlari va ularni amalga oshirish variantlari ko'rib chiqiladi.
- Abonent terminallari: Telekommunikatsiya tarmoqlari abonentlari foydalana oladigan aloqa turlari uchun mo'ljallangan oxirgi terminallar, ularning vazifalari, tuzilishi va imkoniyatlari o'rganiladi.
- Kommutatsiya tizimlarining element bazasi: Elektromagnit relelar, gerkonlar, gezakonlar, ferrid relelarining tuzilishi, ishlash tamoyili va bir-biridan farqlari, kontaktlar tizimi va cho'lg'am turlari tahlil etiladi.
- Kommutatsiya tizimining kommutatsiya maydonini tuzilishi: Fazo va vaqt bo'yicha bo'lingan E-ATS kommutatsiya maydonining qurilish tamoyillari, ARO, RAV, VKB, FKB va aralash kommutatsiya bloklari o'rganiladi.
- Kommutatsiya tizimining boshqaruv qurilmalari: Shaxsiy, guruhli, markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko'rsatib o'tilgan.
- Telefon tarmoqlarida signallash: Signal tushunchasi, turlari, liniya va akustik signallar vazifasi, uzatish usullari, signallarni shakllantirish va kodlash o'rganiladi.
- E-ATS S&C 08 funksional sxemasi: E-ATS S&C 08 ning texnik tavsifi va uning imkoniyatlari, modullar vazifalari ko'rib chiqiladi.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari: Aloqa tarmoqlari, ularning turlari, telefon tarmoqlarining telekommunikatsiya tarmoqidan farqi, telekommunikatsiya tarmoqlarining qurilish tamoyillari va numeratsiya tizimi ko'rsatilgan.
- Radioaloqa tarmoqlar: Radio aloqa tarmoqlarini, intellektual, integral xizmatlarni beruvchi raqamli tarmoqni o'rganish.