Maktabgacha tarbiya maxsus mеtodikasi

Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib boradigan pedagoglar uchun eshitish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini o'stirish metodikasi bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanma orqali pedagoglar bolalarning nutqini rivojlantirish, muloqotga kirishish, og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish kabi muhim ko'nikmalarni shakllantirishda yordam oladi. Kitobda daktil nutqni o'rgatish, talaffuzni shakllantirish, lug'at boyligini oshirish va grammatik jihatdan rivojlantirish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Maktabgacha yoshdagi eshitmaydigan bolalar nutqini o'stirish vazifalari: Ushbu mavzuda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning kamol topishi, maktabga tayyorlash, ularda mavjud bo'lgan kamchiliklarni korrektsiya va kompensatsiya qilish vazifalari yoritilgan. Shuningdek, kar bolalarning so'zli nutqini fikrlash va muloqot qilish vositasi sifatida shakllantirish va rivojlantirish kerakligi ta'kidlangan.
  • Daktil nutq: Ushbu mavzuda kar bolalarning ta'limida daktil nutqning ishlatilishi dastur va metodikaning asosi bo'lgan quyidagi tamoyillar bilan belgilanishi,kar bolalar ta'limining mazmunini eshituvchi bolalarga ta'lim berish dasturi mazmuniga imkoniyat boricha yaqinlashtirish va nutqni nafaqat mashqulotlar jarayonida, balki muloqot chogida qam o'stirish haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Ogzaki nutq: Ushbu mavzuda maktabgacha yoshidagi kar bolalarni ogzaki nutqini o'stirish, ya'ni talaffuzi va labdan o'qish qobiliyatini rivojlantirish nutqni rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismi ekanligi, Ogzaki nutqin o'stirish tizimi kar bolalarning talaffuzini shakllantirish xususiyatlari bilan belgilanishi ta'kidlab o'tilgan.
  • Tasavvurlarni aniqlashtirish, tushunchalarni shakllantirish, so'z ustida ish olib borish: Ushbu mavzuda kar bolalarning tasavvur va tushunchalari qar xil vositalar yordamida qosil bo'lishi, Aksariyat tasavvurlar va ayrim birlamchi, oddiy tushunchalar bolalarning kundalik qayotida atrof olam bilan tanishuvi chogida shakllanishi, odatda, tasavvurlar bolalarning turli faoliyatlari jarayonida kattalar raqbarligida shakllanishi ta'kidlangan.