Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit

Ushbu kitobda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit fanlaridan amaliy mashg'ulotlar uchun o'quv-uslubiy qo'llanma keltirilgan. Qo'llanmada talabalarning nazariy bilimlari amaliy mashg'ulotlar orqali mustahkamlanadi va ularning ko'nikmalari rivojlantiriladi.

Asosiy mavzular

  • Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari: Xo'jalik hisobi, uning turlari, tizimi, o'lchov birliklari, predmeti, sub'ektlari, ob'ektlari, tamoyillari, mablag'lar manbalari va usullari.
  • Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi: Balansning tuzilishi, mazmuni, ahamiyati, moddalari, balansda sodir bo'ladigan o'zgarishlar, respublikamiz va xorijiy davlatlar balanslarining bog'liqligi, moliyaviy hisobot elementlari.
  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi: Asosiy vositalar, ularning turkumlash, baholash, dastlabki qiymati, qoldiq qiymati, tiklash qiymati, joriy qiymati, tugatilish qiymati, qabul qilish hisobi, ta'mirlash hisobi, eskirish hisobi, qayta baholash, hisobdan chiqarish hisobi, inventarizatsiya, harakati to'g'risidagi hisobot, nomoddiy aktivlar.
  • Tovar moddiy zaxiralar hisobi: Tovar moddiy zaxiralar, ularni turkumlarga ajratish va baholash, shartnoma bahosi, reja tannarxi, haqiqiy tannarx, qabul qilish, hujjatlashtirish, omborda va buxgalteriyada hisobga olish, inventar va xo'jalik lari hisobining o'ziga xos xususiyatlari.Materiallardan foydalanishni nazorat qilish.
  • Mehnat va unga haq to'lash hisobi: Mehnatga haq to'lash turlari va shakllari. Asosiy ish haqi. Qo'shimcha ish haqi. Ishbay to'lovlar. Ishbay-mukofot to'lovlari. Akkord shaklida ish haqi to'lash. Mehnat va unga haq to'lashni dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish hamda uni umumlashtirish. Ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun haq to'lash.
  • Pul mablag'lari va hisob-kitoblar hisobi: Naqd pul va kassa operatsiyalari hisobi. Kassir hisoboti. Kassa chiqim va kirim orderlari. Kassa kitobi. Bankda hisob-kitob schyotini ochish. Bank muassasalaridagi hisob-kitob schyoti bilan bog'liq operatsiyalar hisobi. To'lov topshiriqnomalari.
  • Iqtisodiy tahlil fanining predmeti va usullari: Iqtisodiy islohotlar davrida tahlilning roli va ahamiyati. Iqtisodiy tahlilning ob'ekti va predmeti. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari. Iqtisodiy tahlilda foydalaniluvchi ma'lumotlar manbalari.
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili: Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish tahlilining mohiyati va vazifalari. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar. Mahsulot hajmi dinamikasining umumiy tavsifi va ularga ta'sir qiluvchi omillar.
  • Mehnat resurslaridan foydalanish tahlili: Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilining asosiy mazmuni va vazifalari. Mehnat resurslari tarkibi va tuzilishi. Mehnat resurslari bilan ta'minlanganligi tahlili. Ish vaqtidan foydalanish tahlili. Ish haqi fondiga ta'sir etuvchi omillar.
  • Asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish tahlili: Asosiy vositalar tahlili bo'yicha ma'lumot manbalari. Asosiy vositalar eskirishi bo'yicha ko'rsatkichlar tahlili. Mehnat vositalari tahlilining mohiyati va vazifalari. Asosiy fondlar tarkibi va dinamikasi tahlili.
  • O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati va uni tartibga solish: Auditning paydo bo'lishi. Auditning mohiyati. Auditning turlari. Audit va taftish. Auditor va mijoz o'rtasidagi o'zaro aloqalar. Auditorlik faoliyatini tartibga solish.
  • Auditorlik tekshiruvini tayyorlash: Auditorlik tashkilotlari tomonidan mijozlarni tanlab olish. Auditorlik tekshiruvini o'tkazish to'g'risida shartnoma. Dastlabki kelishuvlar. Auditorning mijoz oldidagi majburiyat xati.
  • Auditorlik tekshiruvining strategiyasi: Auditni rejalashtirish. Korxona to'g'risida umumiy ma'lumot olish. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash. Auditda jiddiylikni aniqlash.
  • Auditorlik tekshiruvini yakunlanishi. Auditorlik xulosasi: Audit natijalarini baholash. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.