Etnomadaniyat
Ushbu kitob "Etnomadaniyat" fanidan seminar mashg'ulotlari ishlanmasi bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimi uchun etnomadaniyat fanining asosiy mavzulari, rejalari va adabiyotlari keltirilgan. Kitob talabalarga seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi, etnomadaniyat fanining mohiyatini, O'zbekiston xalqining madaniy merosini va qadriyatlarini chuqur o'rganishga yo'naltiradi.
Asosiy mavzular
- Etnomadaniyat fani va uning tarixiy-nazariy asoslari: Fan maqsad va vazifalari, ilmiy-nazariy sifatlari, madaniyat tushunchasi, Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati va negizlari.
- Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari: Zardushtiylik davrigacha va undan keyingi madaniyat, "Avesto"ning ahamiyati, Zardusht haqida ma'lumot.
- O'rta Osiyo etnomadaniyatini o'rganishda yozma manbalarning tutgan o'rni: Tarixiy manbalarning tasnifi, O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi tarixiga oid manbalar, manbalarning ahamiyati.
- O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid manbalar: Etnogenez va etnik tarix tushunchalari, o'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo'yicha tarixshunoslik.
- O'zbeklar etnik tarixining dastlabki bosqichi (mil. av. VII asrga qadar): O'rta Osiyoda inson paydo bo'lishi, paleolit makonlari, O'rta Osiyo tarixiga oid manbalarda ajdodlar haqida ma'lumot.
- O'zbekiston xalqlari: ahmoniylar, kushon, qang'lar, toxarlar va eftaliylar davrida: Axmoniylar davridagi etnik o'zgarishlar, kushonlarning ta'siri, qang' davlatida aholining etnik tarkibi, toxarlar va eftaliylar davrida ijtimoiy munosabatlar.
- VI-VII asrlar turkiy qabilalar mujasamlashuvining ilk bosqichi: Turkiy qabilalarning ilk vatani, turk atamasining etimologiyasi, turk xoqonligi tarkibidagi o'troq qabilalar, turkiylar assimilyatsiyasi.
- O'zbek milliy mentaliteti va uning o'ziga xos xususiyatlari: Milliy mentalitet tushunchasi, mentalitet shakllanishida zardushtiylikning o'rni, o'zbek mentaliteti o'zgarishlari, mafkura va ma'naviyat.
- IX-XII asrlarda Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi etno-madaniy jarayonlar: Ijtimoiy-siyosiy hayotning yuksalishdagi ahamiyati, tabiiy fanlarning ravnaqi, Turkiston buyuk muhaddislar yurti.
- Zamonaviy etnik jarayonlar: O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi arafasida etnik holat, milliy-hududiy chegaralanish, mustaqillik va millat shakllanishi, demografik vaziyat.
- O'zbek xalq o'yinlarining vujudga kelishi va shakllanishi: Xalq o'yinlarining vujudga kelish tarixi, asrlar davomida shakllanishi.
- Xalq o'yinlarining turlari va an'analari: Xalq o'yinlari - etnomadaniyatning tarkibiy qismi, ularning paydo bo'lishi va rivojlanishi, chorvachilik bilan bog'liq o'yinlar.
- Milliy xalq o'yinlarini tiklash va rivojlantirish: Milliy o'yinlarni tiklash, O'zbekistonda rivojlanishi va xalqaro nufuzi.
- Folklorshunoslik fani. Folklorning o'ziga xos xususiyatlari: Folklorshunoslik fanining paydo bo'lishi, maqsad va vazifalari, folklor atamasi.
- Qadimgi davr o'zbek folklori: O'zbek folklori tarixini davrlashtirish, qadimgi davr folklori, mif va afsonalar.
- O'zbek xalq og'zaki ijodining rivojlanishida xalq maqollari, topishmoqlari va qo'shiqlarining tutgan o'rni: Maqollarning xususiyatlari, maqol va matallar, topishmoqlarning turlari, qo'shiq haqida ma'lumot.
- Xalq og'zaki ijodida dostonchilik: Doston haqida ma'lumot, doston kuylovchilar, dostonlarning ahamiyati, dostonchilik maktabi.
- Xalq teatri va milliy raqslar: Teatr san'atining farqi, janrlari, o'zbek teatri san'atining davrlari.
- Ilk o'rta asrlar davrida tarbiya va pedagogik qarashlar: Movarounnahrning arablar tomonidan bosib olinishi va ta'lim-tarbiya muhiti, pedagogik goyalar.
- Ma'rifat darg'alari: XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy va madaniy hayot, jadidchilik harakati.
- Etnopedagogika va milliy ma'naviyat: Etnopedagogika va pedagogika nazariyasi, xususiyatlari, millatning shakllanishi va milliy qadriyatlar.
- Bayramlarning vujudga kelishi. O'zbek xalq bayramlari tarixidan: O'zbek xalq bayramlari, zardushtiylik dini bilan bog'liq marosimlar, islomgacha bo'lgan davrdagi bayramlar.
- Tabiat bayramlari. Navro'z va Xosil bayrami: Tabiat bayramlari, Navro'z bayrami, Xosil bayrami.
- Qadimiy diniy e'tiqodlar va dinlar: Totemizm va totemistik marosimlar.
- Shamanlik genezisi va lokal xususiyatlari: Shomonlik e'tiqodini yuzaga kelishi va u bilan bog'liq marosimlar.
- Zardushtiylik dini bilan bog'liq an'ana va marosimlar: Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi va undagi marosimlar.
- An'anaviy oila - turmush marosimlarda qadimiy diniy e'tiqodlar: Oila va turmush marosimlarida diniy e'tiqodlar va farzand tug'ilishi bilan bog'liq marosimlar.
- Nikoh to'yi marosimlarida afsungarliklar va qadimiy diniy e'tiqodlar simbiozi: Nikoh to'yi marosimlarida afsungarliklar va qadimiy diniy e'tiqodlar simbiozi.
- Motam marosimlarida arxaik diniy e'tiqodlar izlari: Motam marosimlarining oziga xos xususiyatlari va diniy e'tiqod izlari.
- O'zbeklarning xo'jalik an'analarida diniy-e'tiqodiy qarashlar simbiozi: An'anaviy dehqonchilik mashg'ulotida tabiat etiqodlari va qadimgi urf-odat va marosimlar.
- Chorvachilik bilan bog'liq marosimlarda qadimiy diniy e'tiqodlar: Chorvachilik bilan bog'liq marosimlar va ularda qadimiy diniy e'tiqodlar.
- O'zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va e'tiqodiy qarashlarning arxaik izlari: Turar joylar bilan bog'liq urf-odatlar va rasm-rusumlarda qadimiy diniy e'tiqodlar va moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar.
- An'anaviy kiyimlarda qadimiy diniy tasavvurlar va ramziylik: An'anaviy kiyimlarda qadimiy diniy tasavvurlar va ramziylik hamda o’zbek milliy kiyimlarining tarixi