Pul, kredit va banklar
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan boʻlib, oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun "Pul, kredit va banklar" fanidan uslubiy qoʻllanma vazifasini oʻtaydi. Qoʻllanma bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida iqtisodiy xayotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri boʻlgan pul muomalasi, moliya, kredit va unga bogʻliq muammolarni yoritishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Pul nazariyasi va tizimi: Pulning zarurligi, mohiyati, funktsiyalari va turlari. Pulning barqarorligini ta'minlash asoslari. O'zbekistonda milliy valyuta-so'mning muomalaga kiritilishi va uning o'ziga xos xususiyatlari.
- Kredit nazariyasi va kredit munosabatlari: Kreditning mohiyati va zarurligi, tamoyillari va tasniflanishi. Kreditning asosiy shakllari va ssuda foizi. Moliya va moliya tizimi.
- Korxonalar moliyasi: Korxonalar moliyasining tarkibi, fondlarning doiraviy aylanishida moliyaning roli va moliyaviy rejalashtirish. Notijorat asosda faoliyat yurituvchi korxonalar moliyaviy resurslar manbaalari.
- Banklar va ularning operatsiyalari: Banklarning tashkil topishi va mohiyati. Bank tizimi tushunchasi va bank turlari, uning elementlari va bog'liqligi. Bank isloxatlari va zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
- Valyuta munosabatlari va valyuta tizimi: Valyuta munosabatlari va valyuta sistemasini asosiy belgilari. Xalkaro valyuta munosabatlari: tushunchasi, ularni takror ishlab chikarish va savdo bilan to'g'ri hamda qaytma aloqasi.
- Sug'urta va Sug'urta ishi: Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati, uning zarurligi, funktsiyalari va bozor sharoitidagi ahamiyati. Sug'urtani obhektlar va risk darajasiga kura tavsifi.umumiy tamoyillari va asoslari.