Loyiha tahlili va innovatsion menejment
Ushbu kitob "Loyiha tahlili va innovatsion menejment" fanini o'qitishda amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, unda talabalarga kurs predmeti, metodi, vazifalari hamda korxonalarda iqtisodiy va moliyaviy tahlil nazariyalari va amaliyotlarining asoslari, investitsiya loyihasi samaradorligini tahlil qilish uslublari, loyihaning moliyaviy holatini baholash, noaniqlik va xavf-xatar sharoitida loyiha samaradorligini baholash, innovatsion loyihalarni boshqarishning jahon tajribalari, tarmoqda innovatsion rejalashtirish, ishlab chiqarishga yangiliklarni tadbiq etishni takomillashtirish to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Qo'llanmada amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun savollar to'plami, testlar va masalalar hamda ularni echish uchun ko'rsatmalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish tartibi: Darslarda klaster, insert, aqliy hujum usullari, keys-stadidan foydalanish, muammoli ta'lim texnologiyalari, ilg'or texnologiyalardan foydalanish. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, tizimli yondashuv, faoliyatga yo'naltirilgan yondashuv, dialogik yondashuv, hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish, muammoli ta'lim, axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo'llash, teskari aloqa usullari, boshqarish usullari, monitoring va baholash, yangi vosita va usullarni qo'llash haqida ma'lumot berilgan.
- Baholash mezonlari va uslublari: Talabalar bilimini baholashda eng asosiy ko'rsatkich mustaqil fikrlay olish qobiliyati ekanligi, talabaning bilim va malakalarini baholashda dastavval uning mustaqil fikrlash va mushohada yuritish, shu bilan birga mustaqil ravishda xulosa chiqara olish qobiliyatlariga qaralishi haqida ma'lumot berilgan.
- Loyihaviy tahlilning iqtisodiy kontseptsiyalari: Loyiha tahlilining kontseptsiyalari, loyiha qiymati, loyiha tahlilining bo'limlari, alternativ qiymat, oxirgi tahlil, foyda va zararni baholash, loyihaga inflatsiya ta'siri, diskont koeffitsientining vazifasi, ikki yoqlama hisoblash, amortizatsiya haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Investitsiya loyihalarini moliyaviy iqtisodiy baholashning uslubiy asoslari: Moliya holat, biznes rejasi, samaradorlik, qiymati, diskont, diskont koeffitsienti, daromad, inflyatsiya, xarajat, xarajat turlari kabi mavzular yoritilgan.
- Loyiha tahlilining metod va usullari: Loyiha tahlilining printsiplari, loyiha tahlilining metodlari, daromadning ichki stavkasi, kapital xarajatlarining qoplash muddati, loyihaviy tahlilda tavakkalchilik, loyihaviy tahlilda noaniqlik, texnik tahlil, institutsional tahlil, tijorat tahlili, ijtimoiy tahlil, ekologik tahlil, iqtisodiy tahlil haqida ma'lumotlar berilgan.
- Innovatsion menejmentning tushunchalari, maqsadi va vazifalari: Innovatsiya, innovatsion menejmentning tsiklik xarakteri, innovatsion jaryoni bosqichlari, innovatsiya turkumlari, venchurli biznes, eksplenert firma, patent firma, kommunant firma kabi tushunchalar keltirilgan.
- Ilmiy tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini boshqarish: Texnologiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, intelektual maxsulot, boshqarish ob'yekti strukturasi, ishlab chiqarish munosabatlari, moddiy mahsulot, energetik mahsulot, ishlab chiqarish turkumlarining turlari haqida ma'lumotlar yoritilgan.