Matematika o’qitish metodikasidan laboratoriya mashg’ulotlari
Ushbu kitob, bo'lajak o'qituvchilar uchun matematika o'qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarining mazmunini o'z ichiga olgan qo'llanma hisoblanadi. Unda matematikadan o'quv materiyalini mantiqiy taxlil qilish, akademik litseylarda matematikani o'qitishning xususiyatlari, matematikani o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi. Qo'llanmada har bir mavzu bo'yicha dars ishlanmalari, topshiriqlar, test savollari va tahlil sxemalari keltirilgan. Shuningdek, matematik tushunchalar va ob'ektlarni ta'riflash, teoremalar bilan ishlash usullari, algoritm va qoidalarning mantiqiy tahlili, geometrik almashtirishlar metodi va vektorlardan foydalanish metodikasi kabi masalalar ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Matematika darsiga kengaytirilgan reja-konspekt tuzish: Darsning maqsadini aniqlash, dars turlarini ajrata bilish, o'quv materialni maqsadga muvofiq ajratish, o'quvchilar faoliyat uslubini aniqlash, o'qitish vositalarini tanlash, nazorat turini aniqlash va darsni yakunlash yo'llarini belgilash.
- Talabalar tomonidan tayyorlangan reja-konspektlarning prezentatsiyasi: Darsning turini aniqlash, darsning maqsadi, ta'limiy, rivojlantiruvchi masalalar, o'quv material, dars o'tishga mo'ljallangan metod va uslublar, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish yo'llari va uyga vazifa ishlab chiqish.
- Matematika darslarida ilmiy izlanish metodlaridan foydalanish: Tajriba va kuzatish, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash metodlaridan foydalanish.
- Matematik tushuncha va ob'ektlarni ta'riflanishini mantiqiy-matematik tahlili: Tushunchaning ta'rifi, real ta'rif, klassifikatsion ta'rif va genetik ta'rif.
- Matematik tasdiqlarning mantiqiy-matematik tahlili va teoremalar bilan ishlashning umumiy usullari: Teorema, tasdiq, teoremani tuzilishi, isbotlash, teskari, qarama-qarshi teoremalar.
- Maktab matematika kursi algoritm va qoidalarning mantiqiy matematik tahlili: Algoritmning xossalari, qoidalar, algoritmni mantiqiy tahlil qilish, o'nli kasrlarni qo'shish misolida qoidalarni mantiqiy-matematik tahlilini ko'rsatish.
- Matematikani o'qitishda mashq va masalalar asosiy vosita sifatida: Masalalar sistemasini tanlash xususiyatlari, tushunchani o'zlashtirishga qaratilgan masalalar sistemasi, teoremani o'zlashtirishga qaratilgan masalalar sistemasi.
- Matematika o'qitishda suyjetli masalalardan foydalanish metodikasi: Masalani yechish bosqichlari, arifmetik, algebraik va aralash usullarda yechish.
- O'quvchilar bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish shakllari, uslub va vositalari: Bilimni nazorat qilish turlari, o'quvchilar bilimini nazorat qilish, nazorat turlari.
- Matematikani o'qitishda ko'rsatmalilik: Ko'rsatmalilik prinsopi, funksiyalari va turlari.
- Akademik litseylarda geometriya mashg'ulotini kuzatish va tahlil qilish: Darsni tashkiliy boshlanishi, o'quv materiyalining tahlili, umumpedagogik va didaktik talablar, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyati.
- Akademik litsey va kasb hunar kollejlari “Geometriya" kursidan bitta mashg'ulotning ishlanmasini tayyorlash: Darsni loyixalashtirish ko'nikmasini hosil qilish, dars bosqichlarini ajrata bilish, dars ssenasini yozish.
- Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari matematikasi kursida “Xosilaning qo'lanishi” mavzusini o'qitish metodikasi: Funksiya va uning xossalari, hosilani qo'llash metodining mazmuni va o'qitish jarayoni.
- Geometriya kursini o'qitish jarayonida vektor: Vektor metodining mazmuni, asosiy tushunchalar va qo'llanilishi.
- Matematikani o'qitishda geometrik almashtirishlar metodi: Geometrik almashtirishlar, ularning xossalari, turlari va qo'llanilishi.
- Matematika o'qitishda tenglamalar va tengsizliklar metodi: Tenglama va tengsizliklarni turlari, topologik mazmuni va ularni echish metodlari.
- Matematikani o'qitishda axborot texnologiyalari: Axborot texnologiyalari, turlari va ulardan foydalanish metodikasi.