Ўзбекистон санъати тарихи
"O'zbekiston san'ati tarixi" kitobi O'zbekiston hududidagi san'atning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini, qadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Kitobda san'atning turli yo'nalishlari – me'morchilik, tasviriy san'at, amaliy san'at va haykaltaroshlikning o'ziga xos xususiyatlari, ularning tarixiy taraqqiyoti, mashhur vakillari va asarlari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Qadimgi dunyo san'ati: Ushbu bo'limda O'zbekiston hududidagi qadimiy san'at yodgorliklari, ibtidoiy jamoa davri san'ati, diniy qarashlarning san'atdagi ifodasi, ilk davlatchilik shakllanishi davridagi san'at, dastlabki istilolar va ularning inqirozi natijasida vujudga kelgan mustaqil davlatlar davridagi san'at ko'rib chiqiladi.
- O'rta asrlar san'ati: Ushbu bo'limda eftaliylar va turk xoqonligi davridagi san'at, arab istilosi va undan keyingi davr san'ati, mo'g'ullar istilosi davridagi san'at, Temur va temuriylar davri san'ati, temuriylardan keyingi davrlarda markaziy osiyoda yuzaga kelgan xonliklar davrida Oʻzbekiston sanʼati, makaziy osiyo rusiya tarkibida bulgan davrda Uzbekiston san'ati kabi masalalar yoritilgan.
- Yangi davr san'ati: Ushbu bo'limda XX asr boshidagi o'zbek san'ati, O'zbekiston mustaqil sovet tuzumi takibida va mustaqillikdan keyingi san'at namunalari yoritilgan.