To`qimachilik iplar ishlab chiqarish texnologiyasi
Ushbu kitob "Charm-moyna va to`qimachilik sanoati texnologiyasi" kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan uslubiy ko'rsatmadir. U ip ishlab chiqarishning texnologik zanjirlari, texnologik hisoblar bo'yicha masalalar, namunalar, amaliy mashg'ulotlarda beriladigan topshiriqlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada har bir mashg'ulotni o'tkazish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berilgan. Qo'llanma bakalavrlar va to`qimachilik korxonalari muhandislari uchun foydalanishga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Paxta tolasining asosiy xossalari. Berilgan ip ishlab chikarishi uchun paxta tolasi navlarini aniqlash: Ipning yo`g'onligi va ingichkaligi uning asosiy xossalaridan biri bo`lib, teks (nomer) bilan ifodalanadi. Ipning nomerini (yo`g'onligini) aniqlash uchun ip o`ralagan naychadan uzunligi 100 m ga teng motovilada kalava qilib o`rab olinadi, so`ngra uni tarozida tortib, uzunligi og'irligiga bo`linadi.
- Savash mashinasida xolst yo`g'onligi, xolst olish vaqti va mashina ish unumdorligini aniqlash: Savash mashinasi nazariy ish unumdorligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: An = (πDn60·Tx) / (1000*1000*1000)
- Arrali va ignali qoplamalar bilan paxtani tarash. Cho`zish shesternyasi tishlar soni, cho`zish, mashina ish unumdorligini aniqlash: Tarash mashinalarida cho`zish mashinaga kiruvchi va chiquvchi mahsulotlar yo`g'onliklari bog'liqliklari bo`yicha aniqlanadi: E = (Ткир.d) / (Тчик)
- Pilta mashinasida piltalarni to'g'rilash va tolalarni parallellash. Uzatmalar harakati sxemasi bo`yicha tezlik, cho`zish, mashinaning ish unumdorligi va tos to`lguncha vaqtni aniqlash: Pilta mashinalarda tezlik qoidalar bo`yicha hisoblaniladi. Pilta mashinasi ish unumdorligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: А₁ = 0,06πλη·Tpe·FVK
- Paxtani qayta tarash. Harakat uzatmalari sxemasi bo`yicha tezlik, cho`zish va ish unumdorlikni aniqlash: Mashina ishchi qismlar tezligi bosh val tezligi va bosh uzatmalar bo`yicha topiladi.Qayta tarash mashinasi ish unumdorlik quyidagi formula bo`yicha topiladi: Ан = (60 * l * dT(100 –V)· FVK) / (1000・1000・1000・100)