"Электромеханика" фанидан услубий-кўрсатмалар
Ushbu o'quv qo'llanma elektromexanika fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda elektr mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsiplari, turlari va ularni ishlatish jarayonida zarur bo'ladigan malakalarni shakllantirishga qaratilgan tajriba ishlari bayon etilgan. Qo'llanmada bir fazali va uch fazali transformatorlar, asinxron motorlar, o'zgarmas tok generatorlari va motorlarini tekshirish, ularni tarmoqqa ulash va boshqarish usullari keltirilgan. Har bir tajriba ishi nazariy qism, ishni bajarish tartibi, olingan natijalarni qayta ishlash va hisobot tuzish bo'yicha ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Bir fazali transformatorni tadqiq qilish: Transformatorning tuzilishi, vazifasi va asosiy xarakteristikalari bilan tanishish; transformatsiya koeffitsientini o'lchash, sal ishlash, qisqa tutashuv va tashqi xarakteristikalarni olish.
- Uch fazali transformatorning ish rejimlarini tekshirish: Transformatorning tuzilishi va turlari bilan tanishish, sal ishlash va ishchi rejim parametrlarini aniqlash, qisqa tutashuv tajribasini o'tkazish, quvvat isrofini hisoblash va grafiklar qurish.
- Bir fazali transformatorni uch fazali tok tarmoqiga ulash: Transformatorni yulduz va uchburchak usullarida ulash, ularning o'ziga xosliklarini o'rganish, uch fazali transformator guruhining quvvatini aniqlash.
- Uch fazali asinxron motor faza chulg'amlarining boshi va oxirini aniqlash: Motor statoridagi fazalarning boshini va oxirini topishni o'rganish. Fazalarni to'g'ri ulash.
- Uch fazali asinxron motorlarni ulanish sxemalarini yig'ish va tarmoqqa ulash: Qisqa tutashuv va fazali rezistorlar orqali ishga tushirish sxemalarini o'rganish, ishga tushirish rezistorlarining vazifasini aniqlash.
- Uch fazali asinxron elektrmotor chulg'amlarini qayta ulash orqali yurgizish: Chulg'amlarni ulab yurgizish, motorning texnik ko'rsatkichlarini aniqlash va taqqoslash.
- Parallel uyg'otishli o'zgarmas tok generatorini tarmoqqa ulash va kuchlanishni rostlash: Generatorni ulash, tajriba o'tkazish va rostlash.
- Uyg'otishli o'zgarmas tok motorini tekshirish: Uyg'otish zanjiri va yurgizish.
- Uch fazali sinxron generatrorni tekshirish: Tuzilishi va ishlash prinsiplari, sxemalarini o'rganish, tajriba o'tkazish.