Дарс таҳлили ва унинг методикаси

Ushbu kitob dars tahlili va uning metodikasiga bag'ishlangan. Unda darsning tashkiliy shakllari, zamonaviy darslarga qo'yiladigan talablar, o'qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va uning metodikasi, dars tahlili daftari, ilg'or pedagogik tajribalar, foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati, hamda ilovalar keltirilgan. Kitob o'qituvchilar, uzluksiz ta'lim tizimi rahbarlari va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Darsning tashkiliy shakllari: Darsning tashkiliy shakllari didaktik kategoriya sifatida tashqi mazmunni anglatadi. O'quvchilarni yosh va individual xususiyatlariga qarab sinflarga ajratish, mikro guruhlarga bo'lish, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatlar, dars maqsadiga muvofiq metod va vositalarni tanlash, savollarning ilmiyligi, vaqt taqsimoti, texnik va texnologik jarayonlarni uyg'unlashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, o'quvchining sog'lig'ini hisobga olish, ijodiy muhit yaratish, nazorat topshiriqlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.
  • Zamonaviy dars va unga qo'yiladigan talablar: Zamonaviy dars o'qituvchining ilmiy va pedagogik mahoratini belgilovchi asosiy mezondir. Darsning har bir daqiqasini bebaho bilish, o'quvchini faollashtirish, mustaqil fikrini o'stirish, vaqtni to'g'ri taqsimlash, ko'rgazmali vositalardan foydalanish orqali mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, ta'limiy maqsadni tarbiyaviy maqsad bilan uyg'unlashtirish, kafilatlan natijaga erishish uchun dars maqsadini ilmiy-metodik talablarga muvofiq aniq qo'yish, dars maqsadi va vazifalarini o'quvchilarning individual xususiyatlariga moslashtirish.
  • O'qituvchining darsga tayyorgarligi: O'qituvchining darsga tayyorgarligi mas'uliyatli jarayon hisoblanadi. Darsning samarali bo'lishi va dars oldiga qo'yilgan maqsadning kafolatli echimga ega bo'lishi o'qituvchining darsga tayyorgarligi bilan bog'liq. O'qituvchi dastur va darslik bilan cheklanib qolmay, innovatsion faoliyat doirasida yangi axborotlarni izlab topsa, uni tizim holiga keltirib, o'quvchini (talabani) interfaol metodlar asosida muammoli mashg'ulotlar olamiga olib kira bilishi kerak.
  • Dars tahlili va uning metodikasi: Dars tahlili o'qituvchining izlanuvchanligi va ijodkorligiga qo'yilgan ilmiy talabga ko'ra doimo o'zgarib, takomillashib boradi. Dars tahlilining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda har bir o'qituvchi umumiy yo'nalishdagi dars tahlilini farqlashi bilan birgalikda, o'zining ixtisosligiga oid dars tahlilini ham yaxshi bilishi lozim. Dars tahlili jarayonida dars jadvalining tuzilishi, unda fanlarning joylashuvi va hatto, tanaffus tartiblari ham nazardan chetda qolmasligi lozim.