Strategik va operativ rejalashtirish

Ushbu kitob korxonalarda strategik va operativ rejalashtirish jarayonlari, mohiyati, tamoyillari, strategik va biznes rejalarni ishlab chiqish, strategiyani amalga oshirishni boshqarish, korxona bozor strategiyasining shakllanishi hamda marketing rejalashtirish jarayonini keng yoritadi.

Asosiy mavzular

  • Strategik rejalashtirish: Strategik rejalashtirish fanining predmeti va vazifalari, strategik rejalashtirish jarayoni va mohiyati.
  • Rejalashtirish tamoyillari: Rejalashtirish tamoyillarining zarurati va umumiy tavsifi.
  • Strategik rejalashtirish bosqichlari: Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi, bosqichlari va strategik xo`jalik zonalari.
  • Muqobillik tahlili: Strategiyani tanlash jarayonining bosqichlari, rejalari tizimi va strategik qisqarish muqobilligining turlari.
  • Strategiyani amalga oshirishni boshqarish: Strategik rejalashtirish tizimini shakllantirish, tashkilot rejalari tizimi va strategik rejaga qo`yiladigan talablar.
  • Korxonaning strategik rejasini ishlab chiqish: Strategik rejalashtirish tizmining turlari, strategiyani amalga oshirishda maqsadlar asosida boshqarish uslubi, korxona yoki firma strategiyasi kompleks reja hujjat tartibi va tavsifi hamda qaror qabul qilish operatsiyalari.
  • Bozor strategiyasining shakllanishi: Korxona bozor strategiyasini shakllantirishda kon`yunkturani tahlil qilish, bozorni o`rganish strategiyalarining turlari, o`sish imkoniyatlarining asosiy yo`nalishlari va intensiv, integratsion, diversifikatsion rivojlanish yo`nalishlarning tavsifi.
  • Strategik marketingni rejalashtirish bosqichi: Strategik marketing rejasining tahlili, marketing strategiyasini tanlash, tovar sifatini tashkil etuvchilar va sotish funktsiyalari.
  • Sotish kanallarini tanlash: Sotish kanallarini tanlash va uning vertikal strukturasi.
  • Biznes rejalashtirish: Strategik rejalashtirishning quroli sifatida.