Транспорт воситалари корхоналарини ишлаб чиқариш техника базаси
Ushbu kitob avtotransport korxonalarining texnik ta'minotini tashkil etish va boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Unda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, ishlab chiqarish bazasini tashkil etish, binolarni jihozlash, isitish, yoritish, ventilyatsiya, yong'inga qarshi xavfsizlik choralari va texnik-iqtisodiy baholash kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalar, muhandislar va transport sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi (ATE)ni ta'minlashda texnik bazani (TB) tutgan o'rni: Avtomobil transporti tizimida texnik bazaning ahamiyati, uning vazifalari, elementlari va ATE tizimidagi o'rni, O'zbekiston Respublikasi hukumatining avtomobil transportini rivojlantirish haqidagi qarorlari.
- Texnik bazaning rivojlanish yo'li va shakllari: Texnik bazani rivojlantirish yo'llari, transport vositalari korxonalarini yangi qurish, kengaytirish, texnik qayta qurollash va qayta qurish, ularning kamchiliklari va afzalliklari, rivojlanishning ratsional shakllarini tanlash va asoslash.
- Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini takomillashtirish: Avtomobil transportida material-texnika bazasini kontsentratsiyalash darajasini oshirish, ishlab chiqarish bazasini maxsuslashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalashni kengaytirish, tashkiliy ishlab-chiqarish tarkiblarini shakllantirishning asosiy bosqich va printsiplari.
- Ishchi o'rinlarni shaxodatlash va ishlab chiqarishning texnika darajasini oshirish: Ish joylarini rejalashtirish, ularni baholash, ish joylarini tasniflash, texnika-texnologik darajani oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
- Avtotirkamalar, xorijiy va boshqa turdagi avtotransport korxonalarini dasturini hisoblash: Avtotirkamalarni mehnat hajmlarini hisoblash, xorijiy avtotransport korxonalarini ishlab chiqarish dasturini hisoblash, markazlashgan texnik xizmat ko'rsatish bazalarini ishlab chiqarish dasturini hisoblash.
- TXK mintaqasini hisoblash: O'zgarmas va o'zgaruvchan oqim qatorlari, kunlik dastur, ish rejimi, TXK ishlarini diognostikasiz mehnat hajmi, TXK mintaqasidagi umumiy ishchilar soni, TXK mintaqasidagi umumiy postlar soni, ishlab-chiqarish sur'ati.
- Loyihani texnik iqtisodiy baholash: Loyihalarni texnik iqtisodiy baholashning maqsadi va vazifalari, loyihalarni texnologik yechimlarini baholash uslubi va sifat ko'rsatkichlari, ko'rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlili.
- Binolarning jihozlari va konstruksiyasi: Binolarning qurilish konstruksiyalariga qo'yiladigan me'yoriy sharoitlar va rejalashtirish talablari, yong'inga qarshi talablar, xonalarni yong'in xavfsizligi bo'yicha tasnifi, binolarni konstruktiv elementlari, isitish, shamollatish, suv ta'minoti va kanalizatsiya, elektr ta'minoti, ishlab chiqarish binolarini hajmiy - rejaviy yechimlari.
- Binolarni isitish texnologiyasi va tashkili: Binolarni isitish texnologiyasi, binolarni isitishga sarf bo'ladigan issiqlik miqdorini hisoblash, avtotransport binolari.
- Binolarni yong'inga qarshi talablari: Xonalarni yong'inga qarshi chidamliligi bo'yicha tasnifi, TXK, T va avtomobillarni saqlash binolarini yong'inga qarshi talablari.