“O`zbek bolalar adabiyoti ” fanidan amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ta’limni tashkil etish

Ushbu metodik qo'llanma filologiya fakulteti talabalariga "O'zbek bolalar adabiyoti" fanidan amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'limni tashkil etishda yordam berishga mo'ljallangan. Qo'llanmada mavzular, rejalari, savol-topshiriqlar, adabiyotlar va internet manzillari keltirilgan. Pedagogika institutlari filologiya fakulteti talabalari, adabiyot o'qituvchilari va kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Bolalar adabiyoti fan sifatida: Bolalalar adabiyotining shakllanish tarixi, Bolalar adabiyoti san'at va fan turi sifatida, Bolalar adabiyoti va folklor.
  • Bolalar adabiyotining janr xususiyatlari: Allalar va ularning janriy xususiyatlari, Qo`shiqlar, Tez aytishlar, Topishmoqlar, Ertaklar, Rivoyatlar.
  • “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida tarbiya masalasi: “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida yaxshi va yomon xulqlar haqida, Asarda bola tarbiyasi masalasining yoritilishi, Fikr va axloq tarbiyasi haqida.
  • XX asr o`zbek bolalar she'riyati va uning o`ziga xos xususiyatlari: XX asr boshlarida o`zbek bolalar she'riyati, 30-yillar bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari, Urush yillari va undan keyingi yillarda bolalar she'riyati, I.Muslim, G`ayratiy, H.Nazir, Q.Muhammadiylar ijodida ta'lim va tarbiya masalasi.
  • Xudoyberdi To`xtaboyev – bolalar yozuvchisi sifatida: Xudoyberdi To`xtaboyevning bolalar uchun mo`ljallangan asarlari va ularning o`ziga xos jihatlari xususida, "Sariq devni minib” romanida tarbiyaviy g`oyaning yangicha qo`yilishi, "Qasoskorning oltin boshi” – tarixiy mavzudagi roman, Asarda sarguzasht va fantastika unsurlarining uyg'unligi.