Yosh sayyoh

Ushbu o'quv qo'llanma texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, o'lkashunoslik va ekologiya yo'nalishlaridagi maktabdan tashqari ta'lim tizimi sohasida mustaqillik davrida yaratilgan birinchi qo'llanmadir. U "Yosh sayyoh" to'garagi dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, markaz a'zolari, talabalar, o'qituvchilar va sayyohlikka qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada turizmning mazmuni, tarixi, tasnifi, tashkil etish usullari, texnikasi, topografiya, xaritalardan foydalanish, jihozlar, tibbiy yordam va ekologik madaniyat kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Turizmning mazmuni, vujudga kelishi va rivojlanish tarixi: Turizm va sayohat tushunchalarining aloqadorligi, turizmning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari, turizm terminining ta'rifi, turizmning sport va iqtisodiyot tarmog'i sifatidagi ahamiyati.
  • Turizmning jismoniy madaniyat fanlari o'rtasida tutgan o'rni hamda barkamol shaxsni shakllantirishdagi ahamiyati: Turizmning jismoniy madaniyat sohasidagi o'rni, turizmning tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, barkamol shaxsni tarbiyalashda turizmning roli, turizmning ma'naviy olamni rivojlantirishi, kasbiy bilim va malakalarni shakllantirishdagi ahamiyati.
  • Turizmning tasnifi va tavsifi: Turizmning rejaliligiga, havaskorligiga, yoshiga, ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra turlari, hududiy, sayohatchining maqsadi, davomiyligi, vositaliligi, obyektning xususiyatlariga ko'ra tasniflash, bevosita va bilvosita sayohatlar.
  • Oʻlka tabiiy geografiyasi hamda tabiiy-geografik bilimlarning sayohatchilar uchun ahamiyati: Oʻzbekistonning tekislik va togʻli hududlarining relyefi, iqlimi, gidrografiyasi, oʻsimliklari, hayvonot olami va tuproqlari, togʻlar, ularning balandlik boʻyicha tasniflanishi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlar, ularning oqibatlari, Oʻzbekistonning sport-sayyohlik va rekreatsion imkoniyatlari.
  • Turizmning moddiy-texnik ta'minoti: Sayohat vaqtida zarur bo'ladigan sayyohlik jihozlari, shaxsiy, guruh va maxsus anjomlar, oziq-ovqat mahsulotlari, ularning turlari, zarur dori-darmonlar va ularning ahamiyati.
  • Turistik tayyorgarlik ishlari va sayohatni tashkil etish: Sayohat vaqtida organizmni jismoniy chiniqtirish, sayohatni oʻtkazishga nisbatan qo'yiladigan talablar, sayohat marshrutini ishlab chiqish, sayohat hujjatlari va hisobotni tuzish.
  • Turizm sportining taktik va texnik jihatlari: Turizmda taktika va texnika, piyoda yurishning taktik va texnik jihatlari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, qarorgoh uchun joy tanlash, gulxan yoqish qoidalari va turlari, arqon yordamida tugun bog'lash va uning turlari.
  • Turizmda tibbiy bilimlarning ahamiyati: Birinchi tibbiy yordam, gigiyena va uning turlari, ovqatlanish gigiyenasi.
  • Oriytentirlash, xaritalardan foydalanish va topografiya: Ufq va ufq tomonlari, oriyentirlash, turizmda xaritalarning ahamiyati va ularning turlari, xaritalarni o'qish.