Спортчиларнинг умумий ва махсус тайёргарликларини такомиллаштириш
Ushbu kitob sportchilarni tayyorlash, jismoniy tarbiya, psixologik holat, nazariy bilim va harakat texnikasi kabi mavzularni qamrab olgan. Kitob sport mashg'ulotlarini to'g'ri rejalashtirish, turli xil mashqlarni bajarishda muvozanatga erishish, o'z-o'zini tarbiyalash usullarini o'rgatishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Jismoniy tayyorgarlik: Jismoniy tayyorgarlik sport faoliyati uchun zarur bo'lgan jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, bu jarayon organizmni umumiy jismoniy rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan bog'liq. Umumiy va maxsus turlarga bo'linadi.
- Tezkorlikni tarbiyalash: Tezkorlik - bu insonning harakat faoliyatini qisqa vaqt ichida bajarish qobiliyatidir. Bu shaxs harakatlarining tezligini va harakat reaktsiyasining vaqtini belgilaydi.
- Chidamlilikni tarbiyalash: Chidamlilik sportchining katta muskullarning ish shiddatini pasaytirmasdan, o'rtacha zo'r berib, uzoq vaqt ish bajara olish qobiliyatidir. Umumiy chidamlilik chidam berishning o'ziga xos bo'lmagan xususiyati hisoblanadi.
- Haraktni o'rganish va takomillashtirish: Bu bosqichda harakatlarni qanday bajarish, kuchni to'g'ri yo'naltirish, tanani boshqarish kabi ko'nikmalar shakllanadi.
- Sportchilarni ahloqiy-irodaviy va ruhiy hislatlarini tarbiyalash: Axloqiy tarbiya, o'z-o'zini nazorat qilish va maqsadga intilish kabi muhim jihatlar o'rgatiladi.
- Sport taktikasi: Musobaqalarda g'alaba qozonish uchun strategiyalarni ishlab chiqish va ularni amalda qo'llash.