Umumiy fizika

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Umumiy fizika" kursining "Yadro va elementar zarralar fizikasi" bo'limidan ma'ruza mavzulari mustaqil o'rganish uchun uslubiy ko'rsatmalar berilgan. Kitobda moddaning ekstremal holatlari, atom yadrosi, yadro kuchlari, radioaktivlik, yadro reaksiyalari, elementar zarralar va olamning hozirgi zamon fizik tasavvuri kabi mavzular yoritilgan. Uslubiy qo'llanma talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ekstremal sharoitdagi modda xususiyatlari: Moddaning o'ta yuqori temperatura va zichliklardagi holati, metallsimon vodorod, moddalarning neytronlashuvi, yuqori zichlikdagi moddaning holat tenglamasi, mitti oq yulduzlar, moddaning neytron holati, pulsarlar, qora teshiklar, o'ta yuqori elektromagnit maydonda modda
  • Yadro fizikasi elementlari: Atom yadrosining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari, yadroviy kuchlar, yadroning fenomenologik modellari, yadro massasi va bog'lanish energiyasi, radioaktiv yemirilish, Messbauer effekti
  • Yadroviy reaksiyalar: Yadroviy reaksiyalar va ularning asosiy qonuniyatlari, yadrolarning bo'linish reaksiyalari, zanjir reaksiya, yadroviy reaktor, termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, boshqariladigan termoyadro reaksiyalari, yadroviy energetika istiqbollari
  • Olamning hozirgi zamon fizik tasavvuri: Modda va maydon, moddaning atom-molekulyar tuzilishi, atom yadrosi, kvarklar, elementar zarralar, maydon kvantlari, leptonlar, adronlar va ularning bir-biriga aylanishi, kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o'zaro ta'sirlar, bosqichma-bosqich o'zaro ta'sirlashish, materiyaning yagona nazariyasi haqida, olamning fizik tasavvuri falsafiy kategoriya sifatida