GSM standartida bazaviy stansiya va abonent stansiyalarning optimal parametrlarini aniqlash

Bitiruv malakaviy ish mobil aloqa tizimlarining GSM standartidagi o'sish sur'ati, arxitekturasi va boshqa raqamli standartlar bilan farqini ko'rib chiqadi. Sotalar soni, klasterlar, O'zbekistonning ob-havo sharoitlari va yog'ingarchilikning ta'siri o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Mobil aloqa tizimlarining rivojlanishi: Analog va raqamli standartlar, NMT-450, NMT-900 va EMX-2500 tizimlari, AMPS, TACS standartlari ko'rib chiqilgan. Analog va raqamli standartlarning texnik parametrlari taqqoslangan. Raqamli aloqaning GSM standarti tarixi va rivojlanishi.
  • GSM standartining O'zbekiston Respublikasida qo'llanilishi: GSM tarmog'ining arxitekturasi, abonent stansiyasi (AS), tarmoq va kommutatsiya tizimi (TKT), o'z abonentlarining registri (O'AR), harakat registri (HrR), autentifikasiya markazi (AM) va uskunani identifikasiyalash registri (UIR) kabi elementlar ko'rib chiqilgan. Sotalarning tashkil etilishi va SRTning asosiy ko'rsatkichlari.
  • Mobil aloqa tizimlarining tashkil etish usullari va prinsiplari: GSM, EDGE, CDMA IS-95, CDMA-2000, WCDMA standartlarining texnik harakteristikalari. Mobil aloqa tizimlari infrastrukturasida chastotaviy-hududiy rejalashtirish, ChHRning ruhsat etiladigan ko'rsatgichlarini aniqlash, Sotalardagi sektorlar soni va klaster hajmini hisoblash, sota radiuslarini hisoblash.
  • Mobil aloqa tizimlarida yuzaga keladigan halaqitlarni bartaraf etish uslubiyatlari: Abonent va bazaviy stansiyalarning optimalenergetik parametrlarini aniqlash, BRRLning kerak bo'ladigan o'tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash, mobil aloqa tizimlarining ishonchliligini aniqlash.
  • Hayot faoliyati havfsizligini ta'minlash: Elektromagnit nurlanishlar va ulardan himoyalanish choralari, me'yorlar, individual himoya vositalari, ionlashgan va radiatsion nurlanishlar va ulardan himoya.