Non mahsulotlari texnologiyasi
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bakalavriat yo'nalishlari uchun mo'ljallangan «Non mahsulotlari texnologiyasi» fanining ma'ruzalar matni.
Asosiy mavzular
- Non mahsulotlari texnologiyasining ilmiy asoslari: Nonning inson ozuqasidagi ahamiyati, novvoylik xossalari, asosiy va qo'shimcha xom ashyolarning novvoylik xossalari, ishlab chiqarishga tayyorlash, non mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, nuqsonlari, sifatini yaxshilash, turlari, navlari, oziqaviylik qiymati.
- Non ishlab chiqarish texnologik sxemasi: Non mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik sxemasi, non va bulka mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, ularni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan texnologik jihozlar, fizikaviy, mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy, mikrobiologik, issiqlik almashinish jarayonlari.
- Nonning novvoylik xossalari: Bug'doy unining nonboplik xossalari va ularni belgilovchi omillar, unning gaz hosil qilish qobiliyati, kuchini aniqlash usullari, rangi, qorayish qobiliyati, namunaviy non pishirish.
- Novvoylik xom ashyolarini saqlash: Novvoylik xom ashyolarini qabul qilish, saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash, unni saqlashda kechadigan jarayonlar, bug'doy unining etilishi.
- Non tayyorlash usullari: Non va bulka mahsulotlari tayyorlashning asosiy usullari va ularda ro'y beradigan o'zgarishlar:Oparali va oparasiz usullar.