SINTAKSIS.

Ushbu kitobda O'zbek tili sintaksisi chuqur o'rganiladi. Kitob, sintaksisning asosiy tushunchalarini, so'z birikmalarini, gap turlarini, gap bo'laklarini va ularning tuzilishini batafsil tahlil qiladi. Shuningdek, unda gapning uyushiq bo'laklari, ajratilgan bo'laklar, sanalmaydigan so'z va birikmalari, to'liq va to'liqsiz gaplar kabi muhim mavzular ham yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda, amaliy misollar va tahlillar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Sintaksis. So`z birikmasi.: Sintaksis grammatikaning bir bo`limi bo`lib, unda so`z birikmasi va gap, ularning tuzilishi hamda turlari o`rganiladi. So`z birikmasi va gap mustaqil sintaktik birliklar bo`lib,gap kommunikativ, ya`ni aloqa vositasi vazifasini bajaradi.
  • Gap. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari.: Gap voqelikni va unga bo`lgan munosabatni ifodalash uchun grammatik jixatdan tugallikka ega bo`lgan so`z yoki so`zlar bog`lanmasi gap deyiladi. Gapning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri predikativlik bo`lib, u ifoda etilayotgan fikrning voqelikka munosabatini (tasdiq, inkor, gumon, shubha, zururlik, mumkinlik kabi) bildirib, ob`ektiv modda xamda zamon va shaxssan kategoriyalari orqali ifoda qilinadi.
  • Gap bo`laklari. gapning bosh bo`laklari.: Gap bo`laklari, dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo`laklarga bo`linadi.Bosh bo`laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.Ikkinchi darajali bo`laklar esa bosh bo`laklarni aniqlab, to`ldirib keladi. Bosh bo`laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi va hollardir.
  • To`ldiruvchi.: Gapning biror bo`lagiga boshqaruv yo`li bilan tobelanib, uning ma`nosiini to`ldiradigan ikkinchi darajali bo`lak to`ldiruvchi deyiladi. Boshqaruvchi so`zning talabi bilan to`ldiruvchi tushum, jo`nalish, o`rin payt, chiqish kelishik shakllaridagi so`z yoki ko`makchili so`z bilan ifodalanadi.
  • Aniqlovchi.: Aniqlovchi ikkinchi darajali bo`lak bo`lib, predmetning (keng ma`noda ba`zan belgining) belgisini bildiradigan gap bo`lagidir. Aniqlovchi o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan aniqlovchili birikmani hosil qiladi, ya`ni mazmuni izoxlanayotgan bo`lak aniqlanmishdir.
  • Hol.: Ish harakatning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo`lak hol deyiladi. Hol ish harakatning, shu bajarish bilan bog`liq bo`lgan o`rin, payt, sabab, maqsad, miqdor daraja kabilarni ifodalab, qanday?, qanaqa?, qanday qilib?, qaytarzda?, qaerda?, qaerga?, qaerdan?, qachon?, nima uchun?, qancha? kabi so`roqlardan biriga javob bo`ladi.
  • Gapda so'zlar tartibi.: O'zbek tilida so'zlar tartibi asosan erkindir. Ularning o'rinlarni almashtirish grammatik holatni ko'pincha o'zgartirmaydi.
  • Gapning uyushiq bo`laklari.: Gapda biror so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi yoki teng boglovchilar yordamida birikkan gap bo`laklari gapning uyushiq bo`laklari deyiladi.
  • Gapning ajratilgan bo`laklari.: Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar xam qatnashi shimumkin Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma`nosini izoxlab, bo`rtgarib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi.
  • Gap bo`laklari sanalmaydigan so`z va birikmalar.: Gap tarkibida ba`zan shunday so`z va birikmalar (hatto gaplar) uchraydiki, ular mazkur gap yoki uning biror bo`lagi bilan grammatik jixatdan emas, faqat mazmun jixatdangina aloqaga kirishadi.
  • Bir bosh bo`lakli gaplar.: Gapning grammatik asosini bosh bo`daklar— ega va kesim tashkil etadi. Sodda gaplar grammatik asosning tarkibga ko`ra ikkiga bo`linadi; ikki bosh bo`lakli gaplar va bir bosh bo`lakli gaplar.
  • Bo`laklarga ajralmaydigan gaplar. To`liq va tuliqsiz gaplar.: Sodda gaplar bo`laklarga ajralish ajralmasligi jihatidan ikki xil bo`ladi; bo`laklarga ajraladigan gaplar va bo`laklarga ajralmaydigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bo`laklarni aniqlash mumkin bo`lgan gaplar bo`laklarga ajraladigan gaplar deyiladi.