Тикув маҳсулотлари технологияси» фанидан
Ushbu kitob tikuvchilik texnologiyasiga oid bo'lib, unda kiyimlar, ularning turlari, tikuv jarayonlari, materiallar va uskunalar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda andozalar tayyorlash, gazlamalarni bichish, tikish, bezash, etiketlash, hamda uskunalar bilan ishlash masalalari batafsil yoritilgan. Qo'llanma tikuvchilik sohasida bilimlarini oshirmoqchi bo'lgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Gazlamalarni bichishga tayyorlash: Gazlamalarning turlari, ularni bichishga tayyorlash bosqichlari, andozalarni tayyorlash, gazlama sarfini aniqlash, joylashma variantlari va texnik hujjatlar.
- Gazlamalarni tushash va bichish: Gazlamalarni to'g'ri tushash usullari, bichish uskunalarining turlari, bichish jarayoni, detallarni uyib olish va ishlov berish.
- Qo'lda bajariladigan kavikatorlar: Kavik va kavikatorlarning turlari, ularning tuzilishi, ishlash sohalari, qo'lda tikish usullari.
- Mashinada bajariladigan baxya va baxyakatorlar: Mashina choklarining turlari, ularning qo'llanilishi, tikuv mashinalari va ularning vazifalari.
- Kiyim detallarini elimlab va payvandlab ulash: Elimlashda ishlatiladigan materiallar, ulash usullari, yopishtirish texnologiyasi, termoplastik materiallarni payvandlash.
- Tikuvchilik maxsulotlarini namlab-isitib ishlash: Namlab-isitib ishlash usullari, operatsiyalari va ularda qo'llaniladigan jihozlar, harorat va vaqt rejimlariga e'tibor berish.
- Ayollar va erkaklar ko'ylagini tikish asoslari: Ko'ylaklarning modellari, bichimi, texnologik jarayonlari, chuntaklarni tikish.
- Ayollar va erkaklar ko'ylaklari yoqa va englarini tikish: Yoqalarning turlari, tikish texnologiyasi, englarning modellari va ularni tayyorlash usullari.
- Ustki kiyimlar bortlarini tikish: Bort qotirmasini tayyorlash, tikish tartibi, old bo'lakka ulanish texnologiyasi.
- Ustki kiyimlar chokdagi chuntaklarini tikish: Chokdagi chuntaklarning turlari va ularni tikish usullari, bezak detallari.
- Ustki kiyimlar koplama va ichki chuntaklarini tikish: Koplama va ichki chuntaklarning turlari, ularni tayyorlash va tikish texnologiyalari.
- Ayollar yubkalarini tikish: Yubkalarning modellari, bichimi, texnologik jarayonlari, cho'k, belbog' va etaklarini tikish usullari.
- Shim tikish: Shimning modellari, bichimi, texnologik jarayonlari, taqilma, cho'k belbog' va pochasini tikish usullari.