Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

Ushbu kitob pedagogika sohasidagi texnologiyalarning mohiyati, ahamiyati va qo'llanilish usullarini yoritadi. Unda zamonaviy ta'lim tizimida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kadrlar tayyorlash milliy modeli: O'zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining mohiyati, milliy modelning asosiy tamoyillari va pedagogik texnologiyalarning rivojlanishidagi o'rni.
  • Ta'lim jarayonida o'quvchilarning shaxsi: O'quvchi shaxsining ta'lim jarayonidagi roli, uning tuzilishi, temperament, qobiliyat va ta'limda qo'llaniladigan turli texnologiyalar.
  • Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari: Pedagogik texnologiyalarning mohiyati, o'ziga xos jihatlari, darajalari, tuzilishi va umumiy tavsifi.
  • Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish: Pedagogik texnologiyalarning qo'llanish darajasi, falsafiy asoslari, yetakchi omillari, ilmiy konsepsiyalari va klassifikatsiyasi.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Hozirgi zamon an'anaviy ta'limi, an'anaviy sinf-dars texnologiyasining farqli belgilari, tasnifiy tavsifi, tamoyillari, mazmuni va metodikasi.
  • Pedagogik jarayonni shaxsga yo'naltirish asosidagi pedagogik texnologiyalar: "Hamkorlik pedagogikasi" texnologiyasi, mazmuni va metodikasi, oʻquv faoliyati va uni boshqarishh, motivatsion bosqich, ta'limni tashkiliy shakllar.
  • O'quvchilar faoliyatini faollashtirish va intensifikatsiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar: O'yin texnologiyalari va ularning o'ziga hosliklari, o'rgatuvchi, nazorat qiluvchi, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, fanga oid, rolli, ishbop, muammoli taʼlim va uning o'ziga hosliklari, muvaffaqiyatli holatlar yaratishh texnologiyasi.
  • O'quv jarayonini tashkil etishh va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar: Tabaqalashtirilgan darajadagi texnologiya, individual o'ziga hosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog'lomlik darajasi va boshqalar. Individual ta'lim texnologiyasi, axborot texnologiyalari, jamoaviy va guruhiy texnologiyasi.
  • Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari: Bolaning entelektual qobilyatini rivojlantirish barcha rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini asosi, L.V.Zankovning rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi, D.B.Elkonina va V. V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi va interfaol texnologiyalar.