Иқтисодий ўсиш

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan iqtisodiyot sohasidagi magistrlar uchun moʻljallangan "Iqtisodiy oʻsish" fanidan maʼruzalar matni hisoblanadi. Unda iqtisodiy oʻsishning nazariy va amaliy jihatlari, omillari, modellari hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotida erishilgan yutuqlar va istiqbollar tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiy oʻsish mohiyati: Iqtisodiy oʻsishning zamonaviy talqinlari, uning oʻlchov usullari, balanslashgan va balanslashmagan rivojlanish. Iqtisodiy oʻsishga taʼsir etuvchi omillar va institutlar.
  • Iqtisodiy oʻsish omillari va koʻrsatkichlari: Iqtisodiy oʻsishga taʼsir etuvchi omillar klassifikasiyasi, uning turlari (ekstensiv va intensiv). Iqtisodiy oʻsishni ifodalovchi koʻrsatkichlar tizimi.
  • Iqtisodiy oʻsish nazariyalari: Iqtisodiy oʻsishning klassik, neoklassik va keynschilik nazariyalari. Solou modeli, Domar modeli, Harrod modeli va boshqa zamonaviy konsepsiyalar.
  • Iqtisodiy oʻsishning yangicha nazariyalari: Endogen oʻsish nazariyasi, inson kapitali, texnologiyaning roli, institutsional omillar va ularning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri.
  • Iqtisodiy oʻsishda Keynschilar modeli: Keynschilik yondashuvi, yalpi talab, multiplikator effekti va davlatning iqtisodiyotdagi roli. Rostou konsepsiyasi, Domar va Harrod modellari
  • O'tish davrida investision muhit va iqtisodiy o'sishga ta'siri: Invetitsiya bozori va uni rivojlantirish mexanizmlari, iqtisodiy o'sishda horijiy investisiyani ahamiyati, barqaror iqtisodiy o'sish vazifalari
  • Mustaqillik yillarida iqtisodiy o'sish: O'zbekistonda iqtisodiy islohatlar, erishilgan natijalar, tarkibiy o'zgarishlar, resurslardan foydalanish samaradorligi