Mаktаb аdаbiy tа’limidа rubоiyni o‘qitish

Ushbu kitob maktab ta'limida mumtoz adabiyotni, xususan ruboiy janrini o'qitishning dolzarbligi, ilmiy-nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va muammolariga bag'ishlangan. Kitobda o'qitish jarayonida tajalli nazariyasidan foydalanish, janr xususiyatlarini tahlil qilish va darsliklardagi ruboiylarni o'rganish yo'llari ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekistonda yosh avlodni ma'nan yuksak insonlar qilib tarbiyalash davlat miqyosidagi muhim vazifa darajasiga koʻtarildi. Chunki ma'naviyati boy kishilar yashaydigan mamlakat iqtisodiy, siyosiy jihatdan taraqqiy topadi, jamiyatning kuchli boʻlishi ham muqarrardir. Maktab adabiy ta'limida ruboiyni oʻqitish muammosi amaliyot uchun dolzarbdir.
  • Muammoning oʻrganilish tarixi: Ruboiy janrini nazariy jihatdan tadqiq qilish Muhammadali Yunusov, I.Haqqul va Ergash Ochilovlar tomonidan boshlangan. Metodikada esa darsliklar uchun metodik qoʻllanmalarda va V.Qodirovning asarlarida maʼlum tavsiyalar berilgan.
  • Adabiyot dasturi va darsliklarida ruboiy janrining berilishi: Oʻrta maktab dastur va darsliklarida ruboiy janri shoirlarning joylashgan oʻrniga qarab joy olgan. Mustaqillikdan soʻng bir necha marta dastur almashtirildi. Keyingi dasturga bu ruboiylar kiritilmadi, oxirgi dasturga koʻra qoʻllanayotgan 5-sinf Adabiyot darsligidan Bobur ruboiylar joy olgan.
  • Maktab adabiy ta'limida ruboiy janrini oʻqitish muammolari: Mumtoz adabiyot namunalarni tushunish va tushuntirishdagi murakkablik, avvalo, asarlarning lug'aviy tarkibidagi qiyinchilikda ko'rinadi. Mumtoz she'riyatning ayrim poetik qirralari arab tili va yozuvi bilan ham bogʻliqdir.
  • Ruboiylarni oʻqitishda metodologik omilni belgilash ahamiyati: Adabiy ta'lim uchun belgilangan bosh maqsad – komil inson tarbiyasini amalga oshirish uchun har qanday ijodiy, ijtimoiy faoliyatda boʻlganidek, uning falsafiy, nazariy asosi boʻlmish metodologiyani belgilab olish zarur, ya'ni tajalli nazariyasi.
  • Tajalli nazariyasiga koʻra ruboiylarni tahlil qilish: Mumtoz Sharq adabiyoti namoyondalari ijodini yaxlit tizim sifatida oʻrganish zarur. Bunda ma'no asosan ikki qatlamda namoyon boʻladi: zohiriy va botiniy.
  • Maktab darsliklaridagi ruboiylarni oʻrganish yoʻllari: O'quvchilar 5-sinfda ilk bor ruboiy bilan tanishar ekanlar, janrning oʻziga xos belgilari toʻgʻrisida boshlang'ich tushunchalar beriladi. Mazkur she'riy shakl nechanchi sinflarda oʻqitilishidan kelib chiqib, uning janr xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar beriladi.