Стационар шароитда антигипертензив дори воситалари таъминотини ўрганиш
Ushbu maqolada statsionar sharoitda davolangan bemorlar uchun sarflanayotgan dori vositalari bo‘yicha ABC va VEN tahlilini o‘tkazish orqali dori ta’minotini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi dorixonasidan kardialogiya bo‘limiga arterial gipertenziyani davolash uchun berilgan dori vositalarining hisob-fakturalari asosida tahlil o‘tkazilgan. Tahlil natijasida dori vositalarining iste’mol hajmi, narxi, soni, qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlangan. ABC tahlilida A guruhga umumiy xarajatlarning 70% va barcha dori vositalarining 16% to‘g‘ri kelishi aniqlangan. VEN tahlili dori vositalarini samarali qo‘llanilishini baholab, hayotiy zarur, muhim va ikkinchi darajali guruhlarga ajratishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- ABC tahlili: Dori vositalari xarajatlarining hajmiga qarab guruhlarga ajratiladi. A guruhga eng ko'p xarajat qilinadigan dori vositalari kiradi (70%), B guruhga o'rtacha (20%), C guruhga esa kam (10%) xarajat qilinadigan dori vositalari kiradi.
- VEN tahlili: Dori vositalarining klinik ahamiyatiga qarab guruhlarga ajratiladi. V (Vital) guruhga hayotiy zarur dori vositalari, E (Essential) guruhga muhim dori vositalari, N (Non-essential) guruhga esa unchalik zarur bo'lmagan dori vositalari kiradi.
- Arterial gipertenziya: Ushbu maqola arterial gipertenziyani davolash uchun ishlatiladigan dori vositalarini tahlil qilishga qaratilgan. Tahlil natijalari dori ta'minotini takomillashtirish uchun ishlatilishi mumkin.