O`zbekiston tarixi

Ushbu kitob O'zbekiston tarixini qadimgi davrlardan to mustaqillikka erishgunga qadar bo'lgan davrni qamrab oladi. Kitobda O'zbekiston hududidagi davlatchilik tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shuningdek, mustaqillik yillaridagi O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o'rni yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari va uni o'rganishning ahamiyati: Ushbu mavzuda O'zbekiston tarixining o'rganish obyekti, manbalari, nazariy va metodologik asoslari hamda uning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Markaziy Osiyo insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri: Markaziy Osiyoning jahon taraqqiyotida tutgan o'rni, hududda ibtidoiy jamoa tuzumi, bronza davri yutuqlari yoritiladi.
  • O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Markaziy Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar, Kushon podsholigi, Turk xoqonligi, Xorazmshohlar davlati kabi davlatchilik shakllari haqida so'z yuritiladi.
  • O'zbek xalqlarining etnik shakllanishi: Urug', qabila, elat, xalq va millat tushunchalari, Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy va etnik vaziyat, o'zbek xalqining kelib chiqishi masalalari ko'rib chiqiladi.
  • O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri, ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi: Markaziy Osiyoda uyg'onish davrining paydo bo'lish sharoitlari, o'lkamizda fan, madaniyat, adabiyotning taraqqiyoti va uning insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o'rni, Movaraunnaxr va Xurosonda moddiy va ma'naviy taraqqiyotning tiklanishi va yangi bosqichga ko'tarilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Amir Temur va Temuriylar davrida o'zbek davlatchiligi: XIV asr o'rtalari va ikkinchi yarmida Mavarounnaxrdagi vaziyat, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi, Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosati, Temur tuzuklari va uning ahamiyati, Mavarounnaxr va Xuroson temuriylar davrida yoritiladi.
  • Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida Movaraunnaxrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, Shayboniylar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi, Turkistonning uch xonlikka bo'linib ketishi, Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli ko'rib chiqiladi.
  • Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati va unga qarshi xalq milliy ozodlik kurashlari. Jadidchilik: Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi va uni boshqarishning mustamlaka tizimi, Chorizmning Turkistonda iqtisodiy hukmronlikni amalga oshirish sohasidagi siyosati, Chorizmning Turkistonda madaniy va ma'rifiy sohadagi siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati, Milliy-ozodlik harakatining boshlanishi va uning bosqichlari va Jadidchilik harakati haqida ma'lumot beriladi.
  • Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi. Istiqlolchilik harakati: Rossiyadagi 1917 yil fevral inqilobidan so'ng Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat, Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi va uning shovinistlik siyosati, Istiqlolchilik harakati, uning mohiyati va tarixiy ahamiyati ochib beriladi.
  • Sovetlar davrida O'zbekistonning iqtisodiy va ma'naviy qaramligi hamda uning oqibatlari: 20-30 yillarda O'zbekistonning iqtisodi va uning Markazga qaramligi, 1945-80 yillarda O'zbekistonning iqtisodieti, Madaniyatni rivojlantirish sohasidagi yutuqlar va nuqsonlar tahlil qilinadi.
  • Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O'zbekiston: Sobiq SSSR da ma'muriy buyruqbozlik boshkarish tuzimining shakllanishi, 20-30 yillarda Sovet tuzimining O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda yuritgan qatag'onlik siyosati, 1930-50 yillarda zielilarning ta'qib qilinishi, 80-yillarda qatag'onlikning yana da kuchayshi va uning oqibatlari ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning jahonshumul tarixiy ahamiyati. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi: O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon o'ul tutishi, O'zbekistonning davlat mustaqilligining e'lon kilinishi va uning tarixiy ahamiyati, O'zbekistonning davlat ramzlarining va Konstitutsiyasining qabul kilinishi, I.A.Karimov - O'zbekiston mustaqilligining asoschisi va yo'lboshchisi, Qoraqalpog'iston O'zbekiston tarkibidagi suveren respublika, Mustaqillik yillarida O'zbekistionda totalitar tuzumdan huquqiy, demokratik davlatga o'tish bo'yicha amalga oshirilgan tadbirlar, O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining shaqllanishi, Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimining shakllanishi, Mustaqil O'zbekistonda yuratilaetgan milliy siyosat, uning mohiyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Mustaqillik yillarida O'zbekistonnting iqtisodiy va ma'naviy taraqqieti: O'zbekiston Respublikasi bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, iqtisodietda yuz bergan tarqibiy o'zgarishlar, Qishloq xo'jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari, Moliya-bank tizimi, Mustaqillik yillarida ma'xnaviy haet, Milliy istiklol mafkurasining shakllanishi kabi mavzular ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston va jahon ham jamiyati: XX asr oxirida xalqaro vaziyat, O'zbekistonning geografik-siyosiy imkoniyatlari, Mustaqillik davrida O'zbekistonning tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi va uning asosiy tamoyillari, O'zbekistonning jorajiy mamlakatlar bilan hamkorligi kabi mavzular yoritiladi.