To’rtkul tumaniga iqtisodiy geografik tarif

Ushbu kitob To'rtko'l tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har tomonlama o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, tumanning tabiiy sharoitlari, resurslari, aholisi, mehnat resurslari va iqtisodiy sohalari tahlil qilingan. Kitobda tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish, qishloq joylarida aholi turmush sharoitlarini yaxshilash yo'llari ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar: Tumaning geografik joylashuvi, yer yuzasining tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlimi, agroiqlim resurslari, suvlari, suv resurslari, tuprog'i, yer resurslari va bioresurslari batafsil bayon etilgan.
  • Aholisi va mehnat resurslari: Aholisining soni, o'sish sur'ati, tarkibi, yosh va jins tuzilishi, milliy tarkibi, mehnat resurslari va ularning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan.
  • Iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari: Paxtachilik, g'allachilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik sohalarining rivojlanishi, sanoat korxonalari faoliyati, noishlab chiqarish sohalarining ahamiyati, transport-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishga ta'siri ko'rib chiqilgan.
  • Hayot faoliyati havfsizligi: Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari va tizimi bayon etilgan