Tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish
Ushbu kitob kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan. Unda paxta, ipak, kanop, jun kabi tabiiy tolalarning xususiyatlari, ularni qayta ishlash usullari, ishlatiladigan uskunalar va texnologik jarayonlar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Paxtani dastlabki va qayta ishlash texnologiyasi: Paxtachilikning ahamiyati, paxta xomashyosi va uni yetishtirish, yangi seleksion navlar, paxta tolasining turlari, texnologik xususiyatlari, terish mashinalari, g'aramlash va saqlash, quritish uskunlari, iflos aralashmalardan tozalash, tola ajratish, valikli jinlar, tolani namlash.
- Ipak qurti pillasini dastlabki ishlash texnologiyasi: Ipak qurti haqida umumiy ma'lumot, zararkunandalari hamda kasalliklari, pilla va ipak tolasining tuzilishi, kimyoviy xususiyatlari, pillalarni kalibrlash va tayyorlash, pillakashlik avtomatlari.
- Kanoppoyaga dastlabki ishlov berish: Kanoppoyaning tuzilishi, elementar tola haqida tushuncha, tayyorlash va saqlash, g'aramga joylash, poya va po'stloqni saralash, poʻstlog'ini ajratish, ivitish, suvda ivitish, mashinalar.
- Lub (zigʻir) tolalari dastlabki ishlash texnologiyasi: Zig'irni o'rib olish va yig'ishtirish, uzun tolali zigʻir tolasi olish, uzun, kalta tolalarning va lubning ishlatilishi. Tola olish.
- Junni qayta ishlash texnologiyasi: Junning turlari, runo va uning elementlari, sinflanishi va standartlashtirish, junni dastlabki ishlash fabrikasidagi mavjud texnologiya, yuvish, titish. Tola olish