Mаshinа vа mexаnizmlаr nаzаriyasi fаnidаn mа`ruzаlаr to`plаmi
Kitobda Mashina va Mexanizmlar Nazariyasi fanining asosiy tushunchalari, vazifalari, mashinasozlikdagi roli, mashinalar va mexanizmlarning turlari, ularning tuzilishi, kinematik va dinamik taxlili, sintezi, muvozanatlash masalalari yoritilgan. Talabalarga fanni o'zlashtirishda yordam berish maqsadida asosiy tushunchalar va iboralar ilova qilingan.
Asosiy mavzular
- Mexanizm va mashinalar nazariyasi (MMN) fani, vazifalari, uning mashinasozlikdagi roli va asosiy tushunchalar: MMN fanining rivojlanish tarixi, vazifalari, o'rganiladigan masalalari, mashinalar va mexanizmlarning ta'rifi, klassifikatsiyasi, mashinasozlikdagi o'rni.
- Sun'iy mexanik sistemalar: Harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan sistemalar, priborlar, mexanik moslamalar va mashinalarning tasnifi.
- Texnikada turli mashinalar qo'llanilishi: Ishchi, energetik, axborot va kibernetik mashinalarning vazifalari, ularning klassifikatsiyasi, robotlar va manipulyatorlar haqida ma'lumot.