1-3 ish “Injenerlik geodeziya” fanidan amaliy ishlar

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Farg'ona politexnika instituti «Qurilish» fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan «Injenerlik geodeziya» fanidan amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanma keltirilgan. Qo'llanma «Kasbiy ta'lim», «Serviz», «Bino va inshootlari qurilishi» va «Muxandislik kommunikatsiyalar qurilish» yo'nalishlari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Amaliy mashg'ulotlar: Teodolitning tuzilishi, limb, alidada, verner, mikroskop, iplar to'ri va ularning vazifasi, teodolit bilan ishlash tartibi.
  • Laboratoriya ishlari: Topografik karta bilan ishlash, planimetr bilan ishlash, teodolitni tekshirish va sozlash, gorizontal va vertikal burchaklarni o'lchash, nivelirni tekshirish va sozlash, trassani nivelirlash, yuzalarni bir necha stansiyadan turib kvadratlarga bo'lib nivelirlash, taxeometrik plan olish.
  • Nivelirlash: Nivelirning tuzilishi, nivelirdan sanoq olish, nivelirni kuzatishga tayyorlash, oldinga qarab nivelirlash, o'rtadan turib nivelirlash, asbob balandligini o'lchash, asbob gorizontini aniqlash.
  • Masofa o'lchash: Po'lat lentalar, ruletkalar, invar simlar bilan tanishish va ishlash, komparirlash, chiziq uzunligini o'lchash, ipli dalnomer bilan ishlash.
  • Trassani nivelirlash: Bo'ylama profil chizish, loyihaviy chiziq o'tkazish va nishoblikni hisoblash, piketlar loyihaviy otmetkalarini hisoblash, plyus nuqtalar otmetkasini hisoblash, ishchi otmetkalarini hisoblash, nolinchi nuqta masofasini aniqlash, trassa planini chizish, ko'ndalang profil chizish.