Ona tili va Adabiyot
Kitob o‘zbek tili va adabiyotining nazariy asoslari, nutq madaniyati, adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari, shuningdek, atoqli adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar tilning boy imkoniyatlari, so‘zning qudrati, adabiyotning inson ma’naviyatiga ta’siri haqida bilim oladilar.
Asosiy mavzular
- ONA TILI: Ushbu bo'limda o'quvchilar til va nutqning mohiyati, so'zning ma'no va uslubiy xususiyatlari, grammatik qonun-qoidalari, shuningdek, o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti haqida ma'lumot oladilar. Matnni tahlil qilish, so'z boyligini oshirish, to'g'ri yozish va fikrni aniq ifodalash ko'nikmalari shakllantiriladi.
- ADABIYOT: Ushbu bo'limda adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari, adabiy meros namunalari, shuningdek, atoqli adiblar hayoti va ijodi haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar badiiy asarlarni tahlil qilish, ularning g'oyaviy-badiiy qimmatini aniqlash, shuningdek, adabiy qahramonlarga xos xususiyatlarni ochib berish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
- Qadimgi adabiy yodgorliklar: "Avesto", To'nyuquq bitigi kabi qadimgi yozma manbalar tarixi, ahamiyati, diniy va ma'naviy mohiyati ochib beriladi. Mazkur yodgorliklar orqali xalqning qadimiy tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashi haqida tasavvurga ega bo'linadi.
- Mumtoz adabiyot namunalari: Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy kabi mutafakkir shoirlarning hayoti va ijodi, ularning asarlaridagi insoniy qadriyatlar, ishq-muhabbat, axloq-odob masalalari tahlil qilinadi. Mazkur adiblar yaratgan obrazlar orqali insonning ma'naviy kamoloti, jamiyatdagi o'rni haqida fikr yuritiladi.
- XX asr adabiyoti namunalari: Abdulla Qodiriy, Chingiz Aytmatov, Tohir Malik, Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf kabi XX asr adabiyotining yirik vakillarining hayoti va ijodi, ularning asarlaridagi o'ziga xosliklar, jamiyatdagi dolzarb muammolarga munosabati tahlil qilinadi. Mazkur asarlar orqali XX asr o'zbek adiyotining taraqqiyot yo'li va badiiy xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'linadi.