Инсон тараққиёти

Ushbu darslik "Inson taraqqiyoti" tushunchasining mohiyatini, uning o'lchov mezonlarini, O'zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni keng qamrovda yoritadi. Darslik talabalarga inson kapitali, turmush darajasi, demografiya, sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik kabi muhim mavzularni chuqur o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Ijtimoiy rivojlanish nazariyalari: Ushbu bob ijtimoiy rivojlanishning turli nazariyalarini, iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlarini va inson omilining rolini o'rganadi.
  • Inson taraqqiyoti konsepsiyasi: Inson taraqqiyotining mohiyati, inson kapitali nazariyasi va "Xalqlar haqiqiy boyligi - insonlar" konsepsiyasi yoritiladi.
  • Inson taraqqiyoti mezonlari va BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari: Inson taraqqiyotini baholash mezonlari, BMTning mingyillik rivojlanish maqsadlari, ularning vazifalari va indikatorlari tahlil qilinadi.
  • Inson taraqqiyotida ish bilan bandlikning roli: Ish bilan bandlik va inson taraqqiyoti o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, davlatning ish bilan bandlikni tartibga solish siyosati va O'zbekistonda ish bilan bandlik sohasidagi tendensiyalar ko'rib chiqiladi.
  • Turmush darajasi va inson taraqqiyoti: Farovonlik konsepsiyasi, turmush darajasi va sifati, ularning ko'rsatkichlari va indikatorlari, tenglik va inson taraqqiyoti masalalari o'rganiladi.
  • Inson taraqqiyoti omillari: Ta'lim, salomatlik, demografik vaziyat, atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta'siri, turar joyga egalik kabi omillar tahlil qilinadi.
  • Aholini ijtimoiy himoya qilish va inson taraqqiyoti: Ijtimoiy himoya tizimining inson taraqqiyotidagi roli, kuchli ijtimoiy siyosatning ustuvor yo'nalishi, mahalla instituti tahlil qilinadi.
  • "Hamma narsa inson uchun, inson manfaatlari uchun": Mustaqillikka erishish va inson rivojlanishi milliy modelining ishlash prinsiplari, iqtisodiyotni isloh etish va uning inson taraqqiyotiga ta'siri, inson kapitaliga investitsiyalar masalalari yoritiladi.
  • O'zbekistonda inson taraqqiyoti bo'yicha milliy ma'ruza va maqsadli dasturlar: O'zbekistonda inson taraqqiyoti bo'yicha milliy ma'ruzalar, mamlakatda inson rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlari va maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijalari baholanadi.
  • O'zbekistonda inson taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari: Inson manfaarlarini ta'minlashda barqaror rivojlanishning roli, "Bilmga asoslangan iqtisodiyot" tushunchasi, mamlakatda inson taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.