To’lqin optikasi va kvant fizikasi
Ushbu kitob fizika kursining "To'lqin optikasi va kvant fizikasi" bo'limiga bag'ishlangan ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga moslashtirilgan. Kitob bakalavriatning texnika yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, to'lqin optikasi, kvant fizikasi, atom tuzilishi, qattiq jismlar fizikasi va yadro fizikasi elementlarini qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Yorug'lik interferensiyasi: Monoxromatik va kogerent yorug'lik, yorug'lik interferensiyasi, Yung usuli, Frenel ko'zgulari va biprizmasi, yupqa pardalarda va havo tirqishlaridagi interferensiya, Nyuton halqalari, interferometrlar
- Yorug'lik difraksiyasi: Gyuygens-Frenel prinsipi, Frenel zonalari, Fraungofer difraksiyasi, bir tirqishdan va ko'p tirqishlardan difraksiya, difraksion panjara, Rentgen nurlari difraksiyasi, golografiya
- Yorug'likning muhit bilan o'zaro ta'siri. Yorug'likning qutblanishi: Yorug'lik dispersiyasi (normal va anomal), yutilish, Vavilov-Cherenkov nurlanishi, Doppler effekti, tabiiy va qutblangan yorug'lik, Bryuster qonuni, nurning ikkilanishi, elektrooptik va magnitooptik hodisalar, yorug'likning sochilishi
- Nurlanishning kvant tabiati: Muvozanatli issiqlik nurlanishi, Kirxgof va Stefan-Boltsman qonunlari, nurlanishning kvant nazariyasi, Plank formulasi, fotoeffekt, Kompton effekti
- Kvant nazariyasining tajribada asoslanishi: Klassik fizikaning atom hodisalarini tushuntirishdagi ziddiyatlari, kvantlanish g'oyasi, Bor atom nazariyasi, Frank-Gerts tajribasi, atom spektrlari
- Mikrozarrachalarning to'lqin xossalari. Kvant mexanikasi elementlari: De-Broyl gipotezasi, Geyzenberg noaniqlik munosabatlari, to'lqin funksiya, Shredinger tenglamasi, statsionar holatlar
- Shredinger tenglamasining tadbiqlari: Mikrozarrachaning erkin harakati, cheksiz chuqur potentsial o'ra, tunnel effekti, kvant mexanikasida chiziqli garmonik ostsillyator
- Vodorod atomi: Sferik simmetrik potentsial maydondagi mikrozarra harakati, vodorod atomi: kvant sonlari, energetik spektri va uning fazoviy kvantlanishi, kvant o'tishlar uchun tanlash qoidalari
- Murakkab atomlar. D.I.Mendeleevning davriy sistemasi: Shtern va Gerlax tajribasi, Pauli printsipi, atomlarning elektron qobiqlari, elementlar davriy sistemasi, rentgen nurlanishi, Mozli qonuni
- Yadro fizikasi elementlari: Atom yadrosining tuzilishi, yadroviy kuchlar, yadro massasi va bog'lanish energiyasi, radioaktiv emirilish, Myossbauer effekti
- Yadroviy reaksiyalar: Yadroviy reaksiyalar va ularning asosiy qonuniyatlari, yadrolarning bo'linishi, zanjir reaksiyasi, yadroviy reaktor, termoyadro reaksiyalari
- Olamning hozirgi zamon fizik tasavvuri: Ekstremal sharoitdagi modda xususiyatlari (astrofizika elementlari), modda va maydon, elementar zarralar, kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o'zaro ta'sirlar