“Valeologiya asoslari” fanidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu kitob valeologiya asoslarini o'rganuvchi talabalar uchun amaliy mashg'ulotlar to'plami hisoblanadi. Unda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullari, jismoniy tarbiya, to'g'ri ovqatlanish kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish: Talabalarning mustaqil ta'lim olishini rejalashtirish, tashkil qilish, zarur sharoitlarni yaratish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, yo'llanma berish.
- Valeologiya-biosferaning salomatligi haqidagi ta'limot: Sog'liq odamning jismoniy va ma'naviy xususiyatlari yig'indisi. Sog'liqni mustahkamlovchi omillar aniq rejim, aktiv harakatchanlikdir.
- Jismoniy tarbiya va salomatlik: Jismoniy tarbiya - kishi salomatligini mustahkamlash va odamlarning jismoniy xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan sistemadir.
- Chiniqish meyorlari: Chiniqtirish organizmning atrof-muhitning noqulay omillariga bardoshliligini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlar kompleksidir.
- Odam tanasi va a'zolari gigienasi: Bolalar va o'smirlar gigienasi fan sohasi bo'lib, tashqi muhit omillarining bola organizmiga ta'sirini o'rganadi.
- Reproduktiv salomatlik: O'smir o'g'il va qiz bolalarda ro'y beradigan psixologik, anatomik, fiziologik o'zgarishlar.
- Emlash kalendari: Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi, ularning yuqish mexanizmi va organizmga joylashishi.
- Jismoniy tarbiyaning yurak faoliyatiga ta'siri: Jismoniy mashqlar yurakni to'satdan yuz beradigan zo'riqishlarga chidamli bo'lishga tayyorlab boradi.
- Talabalar jadval asosida kunlik ovqatlanish ratsionlarini tuzish: O'z vaqtida ovqatlanish, toza va ozoda kiyinish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, inson salomatligi uchun muhim.
- Mikroelementlar va vitaminlar haqida tushunchalar: Temir tanqisligi kamqonligi muammosi, vitaminlar to`g`risida maʼlumotlar, avitaminoz, gippovitaminoz, gippirvitaminoz.