Inglizchadan ona tiliga va undan inglizchaga tarjima Amaliy tarjima

Ushbu qo'llanma respublikamiz universitetlarida tarjimonlik va ingliz filologiyasi mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim olayotgan II, III, IV bosqich talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda talabaning ona tilidan va undan chet tiliga tarjima malakalarini rivojlantirishga qaratilgan matn, mashq va topshiriqlar o'rin olgan. Ushbu kitobning boshqa adabiyotlardan farqi shuki, unda amaldagi dasturga muvofiq o'zlashtirishi lozim bo'lgan mavzular atroflicha, o'qitishning zamonaviy ilg'or usul va shakllaridan foydalanib, davr talabi darajasida yoritilgan. Ushbu qo'llanma dastur talablariga ko'ra talabalarda tarjimonlik soxasiga oid moslashtirilgan badiiy va ilmiy adabiyotlarni o'qish hamda ularning yozma va og'zaki nutq malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Asosiy mavzular

  • Ta'lim tizimi: Ta'lim tizimining mohiyati, O'zbekiston va Buyuk Britaniyadagi ta'lim tizimlari, oliy ta'lim va uni moliyalashtirish masalalari.
  • Bayramlar: Turli xalqlar va madaniyatlarda bayramlarning nishonlanishi, Navro'z bayrami va Britaniyadagi an'anaviy va diniy bayramlar.
  • Musiqa va aktyorlar: Musiqa olami, turli musiqiy janrlar, Yalla guruhi, Bollivud va musiqa tarixi haqida ma'lumotlar.
  • Buyuk Britaniya: Buyuk Britaniyaning geografik tuzilishi, davlat tizimi, aholisi va madaniyati.
  • Sport: Sport turlari, ularning tarixi va ahamiyati, turli sport o'yinlari va musobaqalar.
  • Maishiy xizmat: Maishiy xizmat ko'rsatish sohalari, sartaroshxona, poyabzal ta'mirlash, soatsozlik va boshqa xizmatlar.
  • Kitoblar va mutoala: Kutubxonalar tarixi, Britaniya kutubxonasi va Nyu-York davlat kutubxonasi haqida ma'lumotlar.
  • Ommaviy axborot: Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye tarixi, ularning jamiyatdagi roli.