"MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI "

Ushbu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining qadim zamonlardan to Arab xalifaligigacha bo'lgan tarixini o'rganadi. Unda mintaqaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi bosqichma-bosqich bayon etilgan. Manbalar asosida qabilalarning shakllanishi, davlat tuzilmalari, ularning o'zaro munosabatlari, mahalliy va xorijiy bosqinchiliklarga qarshi kurashlar, madaniyat va diniy e'tiqodlar tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davri: Ushbu bobda Markaziy Osiyoda insoniyat paydo bo'lishi, tosh davri bosqichlari (paleolit, mezolit, neolit, eneolit), xalqlar tarixining eng qadimgi davri hamda insoniyat tarixida tutgan o'rni, ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichlari yoritilgan.
  • Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari: Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi I ming yillikda vujudga kelgan ilk davlatlar: Katta Xorazm va Baqtriya podsholiklari tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, Ahamoniylar va Makedoniyalik Iskandar bosqinlari, mahalliy xalqlarning ozodlik harakati, o'ziga xos madaniyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Ellinizm davri va Markaziy Osiyo: Greklarning Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga ta'siri, san'at, madaniyat, iqtisodiyot va siyosat sohalarida ro'y bergan o'zgarishlar, ellinlashuv jarayoni, mahalliy madaniyatlar bilan o'zaro ta'siri, Markaziy Osiyoning Ellinizm davridagi o'ziga xos taraqqiyotini yoritish.
  • Xunlar va Turk xoqonligi: VI-VIII asrlarga oid Markaziy Osiyo qabilalari ularning kelib chiqishi, tarqalishi, turmush tarzi, Xunnlar davlati, Sharqiy va G'arbiy turk xoqonliklarining tashkil topishi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rni kabi masalalar o'rganiladi.
  • Ilk o'rta asrlarda Turk xoqonligi: Turk xoqonligi davrida so'g'd va turk tili aloqalari ,Chini' va arab xalifaligi bilan savdosi va urushi. turk xoqonligi davrida so'g'd tili markaziylashuvi bayon etilgan.
  • Arablar Islom dinining kirib kelishi: VII asrdan boshlab, Markaziy Osiyoga arablar islom dinini yoyish bilan birga kirib kela boshlaydi va ularning ta'siri ko'rsatib beriladi
  • Choch va Farg'ona: Toshkent va Fargʻona vodiylarining oʻziga xos jihatlari, ularning madaniy va siyosiy aloqalari yoritilgan. Hududning dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan bogʻliq taraqqiyoti koʻrsatilgan.