UT fizik va biologik asoslari

Kitob ultratovush diagnostikasining fizik va biologik asoslariga bag'ishlangan. Unda ultratovushning tabiatini, to'qimalarda tarqalish qonuniyatlarini, aks qaytish va sinish hodisalarini, so'nish mexanizmlarini hamda ultratovush diagnostika apparatining tuzilishi va ishlash prinsiplari yoritilgan. Kitob tibbiyot oliygohlari talabalari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ultratovushning fizik asoslari: Ultratovush to'lqinlarining tabiatini, chastotasi, to'lqin uzunligi, tarqalish tezligi, intensivligi va boshqa fizik xususiyatlarini tushuntiradi.
  • Ultratovushning biologik asoslari: Ultratovushning to'qimalarga ta'siri, aks qaytish, sinish, so'nish hodisalari, akustik qarshilik va ularning diagnostik ahamiyatini yoritadi.
  • Ultratovush diagnostika apparatlari: Ultratovush datchiklarining tuzilishi, ishlash prinsiplari, skanerlash usullari, tasvir hosil qilish texnologiyalari (A-, B-, M-usullar), Doppler effekti va rangli doppler haqida ma'lumot beradi.
  • Ultratovush xonasini tashkil etish: Xonani joylashtirish, xodimlar, uskunalar haqida qisqacha tushuntirishlar berilgan