Халқаро менежмент
Mazkur kitob "Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan, halqaro menejment fanining asosiy tushunchalari, uslublari va xususiyatlarini o'rganishga yordam beradi. Unda xalqaro biznes etikasi, global menejerga qo'yiladigan talablar, halqaro kompaniyalarning rivojlanish yo'llari va boshqa masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Xalqaro menejment faniga kirish: Xalqaro menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari, xalqaro biznesning globallashuvi, xalqaro biznesni rivojlanish xususiyatlari va omillari, xalqaro menejment tushunchasi, xalqaro biznesni boshqarishning milliy va xalqaro modeli hamda ularning farqlanish jihatlari.
- Xorijiy firmalarning qabul qiluvchi mamlakatda faoliyat yuritish sharoitlariga moslashuvi: Xo'jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivlashtirish, tashqi muhitni tahlil qilish jihatidan xalqaro menejerning vazifalari, xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi, chet elda harakatlanishning keng imkoniyatlari, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi, yirik firmaning ta'siri, hukumat va xalqaro tashabbus.
- Xalqaro kompaniya va TMK tushunchasi, ularni boshqarish tizimi: Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniyaga o'tish evolyutsiyasi, TMK - xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli, TMKlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o'rni, ko'p millatli kompaniyalarni o'sish sabablari, ko'p millatli kompaniyalarni tashkil qilish shakllari.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish sharoitlarini tanlash metodologiyasi: Firmalarning xorijiy davlatlarda raqobat qilishi, ko'p millatli va global raqobat o'rtasidagi tafovutlar, xalqaro strategiyalar turlari, qabul qilish mamlakatini tanlash, strategik motiv va maqsadlar.
- Xalqaro kompaniyalarning davlat bilan munosabatlari: Xalqaro kompaniyalarning faoliyatiga davlatning yondashish tamoyillari, xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarning davlat tomonidan tartibga solinishi, TMKlarning asosiy va qabul qiluvchi mamlakatlarning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir etishi.
- Xorijiy tadbirkorlik rivojlanishiga xalqaro iqtisodiy integratsiya ta'siri: Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, integratsiyaning to'rtta asosiy shakli, davlatlarning xalqaro iqtisodiy integratsiya evaziga TMKlar imkoniyatlarini kengaytirish, Yevropa Ittifoqi, NAFTA, ASEAN, MERKOSURDda xalqaro kompaniyalar imkoniyatlari.
- Kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatga bog'liq holda menejment uslubi (stili ) xususiyatlari: Xalqaro menejmentda madaniy omil, xalqaro menejer faoliyatida milliy stereotiplarni hisobga olish, menejmentning g'arbiy uslubi va uning xususiyatlari, Amerika, Angliya, Fransiya milliy stereotiplari, Osiyo menejmentining xususiyatli belgilari.
- Xalqaro biznesda kadrlar siyosati va xalqaro kompaniyalar horijiy filiali shtatini komplektlash: Xalqaro menejerning lavozim majburiyatlari, xalqaro kompaniyalar jamoasini boshqarish xususiyatlari, xalqaro kompaniyada mahalliy aholiga menejment uslubini o'rgatish usullari, xorijda personalga ta'sir ko'rsatish, personalni horijda ishlash uchun tayyorlash.
- Xalqaro menejment tizimida inson resurslarini boshqarish: Xalqaro firmalarda hodimlarni o'qitishni tashkil etish, xalqaro firma personalini rag'batlantirish shakllari, AQSH, Yaponiya, G'arbiy Yevropa mamlakatlarida inson resurslarini boshqarish xususiyatlari.
- Xalqaro biznes etikasi va xalqaro aloqalar menejeriga qo'yiladigan talablar: Global menejer uchun etikaning ahamiyati, xalqaro biznesni axloqiy yuritishning asosiy belgilari, xalqaro biznes-etiketning asosiy tarkibiy qismlari, milliy mentalitet va biznes-etiket.