O‘zbekiston tarixi

Ushbu kitob O'zbekistonning qadimiy davridan to hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy yo'lini, madaniyatini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va jahon hamjamiyatidagi o'rnini xolisona yoritishga bag'ishlangan. Kitobda O'zbekiston davlatchiligining shakllanishi, rivojlanishi va inqirozi bilan bog'liq jarayonlar, Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, jadidchilik harakati, sovet hokimiyatining o'rnatilishi va qatag'onlik siyosati, Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki hamda mustaqillik yillaridagi taraqqiyot masalalari keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbekiston tarixi fanining predmeti va obyekti: Oʻzbekiston tarixi fanining predmeti va obyekti, uning oʻrganish metodologiyasi, manbalari va ahamiyati, fan sifatida tutgan oʻrni va sivilizatsiyadagi oʻrni, tadqiqotlari va ularning ahamiyati.
  • Oʻzbekiston insoniyat taraqqiyotining qadimgi o'choqlaridan biri: Eng qadimgi davr, insoniyatning dastlabki ajdodlari, paleolit davri, ibtidoiy tasviriy san'at, bronza davri yutuqlari, yozuv haqida yangi ma'lumotlar.
  • Oʻzbek xalqining etnik shakllanishi: Etnogenez va uni oʻrganish masalalari, oʻlkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va oʻzbek xalqining shakllanish bosqichlari, o'rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar, «Oʻzbek» atamasi.
  • Oʻzbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsozlik madaniyati. Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar. Qadimgi aholi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Oʻrta Osiyo.
  • Antik davr davlatlari. Buyuk ipak yoʻli, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari: Salavkiylar, Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari. Qang', Dovon va Kushon davlatlari. Buyuk ipak yo'li. Madaniy hayot.
  • Eftalitlar, Turkiy hoqonlik va arablar istilosi davrida Oʻrta Osiyo: Milodiy IV-VI asrlar Turon zamin tarixi. Eftalitlar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Turkiy xoqonlik hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo. Arablar bosib olgandan keyin Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Xalq harakatlari
  • IX-XII asrlarda oʻzbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot: Tohiriylar va Somoniylar davrida Movarounnahr. Somoniylar va Qoraxoniylar oʻrtasidagi kurash. G'aznaviylar va Saljuqiylar. Xorazmshohlar davrida oʻzbek davlatchiligi.
  • Oʻrta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uygʻonish davri. Fan va madaniyat ravnaqi: IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart-sharoitlari. Ilm-fan. IX-XII asrlarda islom dini va soʻfiylik. Me'morchilik va san'at.
  • Moʻgʻullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi: Moʻgʻul davlatining tashkil topishi. Chingizxon va Xorazmshoh munosabatlari. Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyachisi. Moʻgʻullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chigʻatoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xoʻjalik ahvoli.
  • Amir Temur va Temuriylar davrida oʻzbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari. Amir Temur vafotidan soʻng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. XV asrning 2-yarmida Movarounnahr va Xuroson. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi. Temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniy hayot.
  • Turkistonning xonliklarga boʻlinib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: XV asr oxiri-XVI asr boshlarida Mavarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot. Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi. Buxoro amirligi. Xiva xonligi. Qo'qon xonligi.
  • Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri: Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi. Rossiya imperiyasi istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchilik va milliy uyg'onish.
  • Oʻzbekiston sovetlar hukmronligi davrida: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining oʻrnatilishi va unga qarshi qurolli harakat. 1917-yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri. Muxtoriyatchilik harakati.
  • 20-30 yillarda sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda yuritgan iqtisodiy va madaniy siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. Siyosiy qatagʻonlik: Oʻzbekistonda sovet hokimiyatining iqtisodiy va ijtimoiy siyosati mohiyati. Oʻzbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari. O'zbekistonda “madaniy inqilob" va uning oqibatlari. Siyosiy qatagʻonlik.
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek xalqining fashizm ustidan qozongan gʻalabaga qoʻshgan hissasi: Urushning boshlanishi. Umumiy harbiy safarbarlik. Urush yillarida Oʻzbekiston sanoati va qishloq xoʻjaligi. Urush yillarida fan va madaniyat. Oʻzbekistonliklarning urush jangohlarida koʻrsatgan jasoratlari
  • Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va madaniy hayoti. Iqtisodiy va ma'naviy qaramlikning oqibatlari: Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti. Respublikada 1946-90-yillardagi ma'naviy, madaniy qaramlik va uning oqibatlari.
  • Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti: Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar. Oʻzbekiston va Jahon hamjamiyati.