Tilshunoslikka kirish

Ushbu kitob "Tilshunoslikka kirish" fanining asosiy tushunchalarini va metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda tilning mohiyati, jamiyatdagi o'rni, uning ichki tuzilishi, fonetika, leksikologiya, grammatika kabi asosiy bo'limlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • «Tilshunoslikka kirish» fanining predmeti, maqsadi, vazifalari: Tilshunoslik fanining asosiy masalalari, tilning paydo bo'lishi, taraqqiyoti, til tavsifi borasidagi muhim jihatlar o'rganiladi. Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi.
  • Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi: Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo'lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umum insoniy manfaatlarga hizmat qiladi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog'liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
  • Tilning ijtimoiy tabiati: Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo'lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo'ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir.
  • Til va jamiyat. Sotsiolingvistika: Til va jamiyatning o'zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o'rganadi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog'liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir.
  • Til –ramzlar tizimi: Har qanday til fonetik tuzilish, grammatik qurilish va lug'at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qisimlari muayyan qonuniyatlar asosida o'zaro bog'lanib butun bir tilni hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog'langan tizimni tashkil etadi.
  • Til va nutq: Til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash ularning munosabat mohiyatini o'rganish arab tilshunosligida VIII-IX asrlardayoq mavjud edi. Mazkur tushunchalarning munosabat shakli hozirga qadar dunyo tilshunoslarining diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.F. de Sossyurning fikrini qisman rad etadi. U «avval nutq faoliyati yuz beradi, undan til yuzaga keladi, tildan nutq hosil bo'ladi», degan «o'tish» tartibi haqidagi fikrini ilgari surgan hamda til va nutq dixotomiyasini shatranj o'yini qoidalari misolida tushuntirib berishga harakat qilgan edi.
  • Til va tafakkur: Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Chunki tilshunoslikning o'rganish obyekti bo'lgan til tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o'zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o'rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o'rtasida ham ama shunday aloqalar mavjud.
  • Til birliklarining o'ziga xos tabiati: Til muayyan birliklarning tizimidan iborat murakkab tizim hisoblanadi. Til birliklarining o'ziga xos tabiati professor Sh. Rahmatullayevning "Til qurilishining asosiy birliklari” qo'llanmasida izchil bayon etilgan: "Til-tabiiy yo'sinda vujudga kelgan murrakkab ijtimoiy hodisa. Tilshunoslik ana shu murrakkab ijtimoiy hodisani o'rganadi va o'rgatadi.".
  • Dunyo tillari va tillar tasnifi: Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab oʻrganish shuni koʻrsatadiki, baʼzi tillardagi soʻzlarning ma'nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin. Qardosh tillar boʻla olmaydi. Ammo baʼzi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi soʻzlarning paydo boʻlish manbai, Soʻz shakllari va ma'nolari bir-biriga ancha yaqin boʻladi.
  • Grafika: Grafika( yunoncha’chizuv”,”yozma”) yozuv va uning turlari haqidagi bo'lim. Harf asosiy grafik vositadir. Har bir nutq tovushi uchun olingan shartli shakl harf deyiladi. Yozuvda ishlatiladigan va qat'iy tartibda joylashtirilgan harflar yig'indisi alifbo deyiladi.
  • Fonetika: Fonetika grekcha so'zdan olingan bo'lib, «tovush» maʼnosini anglatadi, ya'ni «tovush haqidagi bo'lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o'rganiladi. Nutq a'zolari harakati jarayonida hosil bo'lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi nutq aʼzolarining jami nutq apparati deb yuritiladi.