Xorijiy investitsiyalar

Ushbu kitob xorijiy investitsiyalarning mohiyati, ahamiyati, jalb qilish usullari va O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri kabi masalalarni o'rganadi. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, risklarni kamaytirish va investorlarga beriladigan imtiyozlar kabi mavzularga ham e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Xorijiy investitsiyalar tushunchasi va mohiyati: Investitsiya, uning turlari, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va jalb qilish sabablari, O'zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari.
  • Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi: Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy asoslari, chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug'ullanadigan rasmiy muassasalar.
  • Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari: Kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiya, investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob'ekti va sub'ekti, bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar.
  • Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari: Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o'rni, Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi.
  • Xorijiy investorlar huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari: O'zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari, O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari, investitsiya shartnomalari.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob'ektiv zarurligi, Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
  • Xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari: Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari, qo'shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarning o'rni, investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar.
  • Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash: Kapital qo'yilmalarining umumiy samaradorligi, xorijiy investitsiyalarni samaradorligini aniqlashda qo'llaniladigan umumiy ko'rsatkichlar, xorijiy investiiyalardan kutilayotgan daromadni aniqlash.
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlika xorijiy investitsiyalarni jalb etish: Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ahamiyati, kichik biznes va sub'ektlarini moddiy-texnika bilan ta'minlanishi.