Pеdagogik mahorat

Ushbu kitob bo`lajak o`qituvchilar va pedagoglar uchun pedagogik mahoratning nazariy va amaliy asoslarini o`rganishga qaratilgan qo`llanmadir. Unda pedagogika fanining asosiy tushunchalari, mohiyati, maqsad va vazifalari, o`qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlari, notiqlik san'ati, muomala madaniyati, dars o`tish uslublari, tarbiyaviy ishlar va pedagogik texnika kabi masalalar yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy mashg`ulotlar uchun topshiriqlar va savollar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kursning maqsadi va vazifalari: Pedagogika fanining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning pedagogik vazifalari, pedagogik mahorat tushunchasi, pedagogik madaniyat va notiqlik, pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogik mahorat fanining manbaalari, o`qituvchilik qobiliyat turlari, iqtidorli yoshlar bilan ishlash mahoratining pedagogik asoslari, dars tashkil etish va o`tish jarayonidagi pedagogik mahorat, fanining ilmiy va nazariy asoslari.
  • Pedagogik mahoratning mohiyati va mazmuni: Pedagogning faoliyati, pedagog shaxsi va uning sifatlari, pedagogik mahoratni tarkib toptirish yo`llari, o`qituvchi qanday printsiplarga amal qilishi kerak, pedagog odobi va axloqi, pedagog etikasi, o`qituvchi shaxsning pedagogik xususiyatlari, o`qituvchining ruxiy - pedagogik tayyorgarligi, maxsusgarlikning shakli va mazmuni, ixtisoslikka oid uslubiy tayyorgarlik.
  • Pedagogik faoliyatda maktab va teatr pedagogikasi tarkibiy qismlarini qo`llash: Pedagogik san'at, teatr va pedagogik san'atning umumiy tomonlari, pedagogik jarayondagi rejissura va aktyorlik elementlari, pedagog va aktyorlik talanti, pedagogik jarayon, pedagogik talant va unga erishish yo`llari, pedagogni o`zini tuta bilishi va boshqarish mahorati, tarbiyaviy jarayon va uni tashkillash mahorati, pedagog va aktyorni o`zaro o`xshashligi va fikri, pedagog jarayonini teatrlashtirish yo`llari.
  • Pedagogik mahorat asoslari va pedagogik qobiliyatlar: O`qituvchini professional bilimdonligi, pedagogik qobiliyat va uni aniqlash yo`llari, pedagogni zamonaviy kasbiy fazilatlari, o`qituvchini muloqot madaniyati, ijodkorlikka intilishi, kasb sirlari va tarbiyaviy ahamiyati, mas'uliyat va kasb etikasi, mustaqil ta'lim olishini tashkillash yo`llari, o`z-o`zini tarbiyalash yo`llari, o`qituvchilik kasbi vauning pedagogik ahamiyati.
  • Pedagogik texnika pedagogik mahoratning tarkibiy qismi sifatida: Pedagog texnikasini tarkibiy qismlari, pedagogni so`z boyligi va notiqligiga qo`yiladigan talablar, pedagog ta'sir ko`rsatish uslubiyoti va mahorati, pedagog vaziyatlari va ularni ochish yo`llari, pedagog maxalliy manbaalaridan foydalana olish mahorati, o`qituvchini darsda texnik vositalari kamppyuterlardan foydalanish yo`llari, Internet tizimiga chiqish va undan foydalanish yo`llari, pedagogik muloqotda imo-ishora, mimika va boshqa organlar orqali ishlay olish mahorati, pedagogik texnikani egallash yo`llari, pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik texnikadan unumli foydlanish yo`llari.
  • Notiqlik mahorati pedagogik mahoratning muhim sharti ekanligi: Til madaniyati va odob, mutafakkirlarning nutq odobiga bag`ishlab bildirgan fikrlari, ta'lim va tarbiya jarayonida nutq madaniyati o`rni, notiqlik mahorati va mezonlari va unga qo`yilgan talalar, ma'ruza qilish madaniyatini usul va o`llari, o`zbek tiligi davlat tili maqomi, notiqlik va so`zlashish madaniyati, tinglash madaniyati, so`z boyligini ortirish, lug'atlar bilan ishlash yo`llari.
  • Pedagogik mahorat va muomala madaniyati: Muloqat madaniyati, kommunikativ muomala, o`qituvchining muloqat jarayonida o`zini tuta bilishi, suzlashish va eshitish madaniyati, muomala kilishdagi pedagogik talablar, o`qituvchining ma'naviy fazilatlarini shakllanishida muloqat madaniyatini ahamiyati, sharkona muloqat madaniyati, milliy qadriyatlarimizda muloqat madaniyatini o`rni, o`qituvchining muloqat madaniyati shakllanishida adabiy, ilmiy va maxsus manbalarning o`rni, pedagogning baxs munozora jarayonidagi o`rni va uning boshqarish mahorati.
  • O`qituvchining dars o`tish mahorati va ta'lim jarayoniga rahbarlik mahorati: Dars, dars turlari va unga qo`yiladigan pedagogik va psixologik talablar, o`quv jarayonida o`zaro hamkorlik darajasiga erishi yo`llari, o`quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilish mahorati, darsni tashkillashda o`qituvchini mahorati va uslubi, o`qituvchini o`quvchilarni darsda faollashtirish mahorati, o`qituvchini o`qitish jarayonida predmetga bo`lgan qiziqishni orttirish mahorati asoslari, o`qituvchini sinf xonasi, doskasi, kurgazmali qurollar, materiallardan foydalana olish mahorati, o`qituvchini mehnat madaniyati, o`qituvchini rahbarlik mahoratini pedagogik negizlari, ijodkorlik, tashabuskorlik, izlanuvchanlik.
  • Tarbiyachilik mahorati va bollarni sevish mahorati: Tarbiya, tarbiyachilik va ularning mohiyati, buyuk allomalarimizning tarbiyaga bergan izohlari, O`zbekiston preztidenti fikr va mulohazalari, barkamol avlod tarbiyasi tushunchasi, O`zbekistondagi ilg'or pedagog tarbiyachilar ish tajribasi, bola aziz boladan odobi aziz iborasi, odobni odobsizdan o`rgan iborasi, bolajonlik o`zbek millatini milliy tarixiy qadriyati, Tarbiyachisi o`zi tarbiyalangan bo`lishi kerak iborasi, Tarbiyachilik mahoratini shakllantirishdagi ilg'or novartor o`qituvchilar ish tajribasi.