“Tarixi Rashidiy” asarida Sharqiy Turkiston va Tibetga oid ma'lumotlar
Ushbu kitobda Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlari tarixiga oid ma'lumotlar o'rganilgan. Asarda Sharqiy Turkiston va Tibetga oid tarixiy, madaniy, geografik, etnografik ma'lumotlar bir tizimga solinib boshqa manbalar qiyosiy tahlil etilgan. Kitob Sharqiy Turkiston va Tibet tarixi, etnografiyasi va madaniyatini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- "Tarixi Rashidiy" asarining yaratilish tarixi va ahamiyati: Muhammad Haydar mirzo zamonasining o'qimishli va keng ma'lumotli kishilaridan edi. Boburning guvohlik berishicha, u durustgina shoir, hattot, rassom, shuningdek nayza va kamon yasovchi usta boʻlgan.
- Sharqiy Turkiston tarixiga oid ma'lumotlar: Asarda Sharqiy Turkistonning XV-XVI asrlardagi shaharlari, hududlari, yashovchi xalqlari, turmush tarzi va qabilalari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
- Tibet tarixiga oid ma'lumotlar: Asarda Tibetning geografiyasi, o'sha davrdagi diniy e'tiqodlari, urf-odatlari, etnograiyasi, xo'jaligi va iqtisodiyoti haqida muhim ma'lumotlar berilgan.
- Sharqiy Turkistonning etnik qiyofasi: Asarda do'g'lat, do'xtuy, barlos, yorqi, o'rdubegi, kunji, churos, bekchim, kaluchi, boyrin, qorluq, makrit arlot va qavchin kabi qabilalar haqida etnografik ma'lumotlar berilgan.
- Tibet aholisining etnik qiyofasi: Asarda Tibetda istiqomat qiluvchi jampa va yulpa qabilalari, ularning turmush tarzi, madaniyati va diniy e'tiqodlari haqida ma'lumotlar berilgan.