Материаллар қаршилиги
Ushbu qo'llanma "Materiallar qarshiligi" fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Unda materiallar qarshiligining asosiy tushunchalari, cho'zilish-siqilish, burilish, eguvchanlik va mustahkamlik kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy masalalarni yechish usullari va namunaviy loyiha-hisoblash ishlari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Materiallar qarshiligi: Fanning asosiy maqsadi mashina va inshootlarning elementlarining mustahkamligi, bikrligi va barqarorligini ta'minlashda zarur bo'ladigan zo'riqish kuchlari, kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash usullarini o'rgatadi.
- Cho'zilish va siqilish: Sterjenlarning cho'zilish va siqilishga hisoblash masalalari, ichki zo'riqish kuchi va kuchlanishlarni aniqlash, epuralarni qurish, deformatsiyalarni topish va mustahkamlikka tekshirishga doir misollar ko'rib chiqiladi.
- Egʻilish: Egilishga qarshilik koʻrsatuvchi burchaklar, statik aniq va statik noaniq balkalarni hisoblash usullari bayon qilingan.
- Statik aniqmas sistemalar: Statik aniqmas sterjenlar sistemasi uchun ichki kuchlarni aniqlash masalalari ko'riladi. Muvozanat tenglamalari bilan birga ko'chishlar tenglamasi tuzilishi va еchilishi bayon etilgan.
- Kuchlanishlarni aniqlash: Kesimning biror nuqtasiga ta'sir etayotgan kuchlanish kesim yuzasiga perpendikulyar va parallel yo'nalgan ikkita tashkil etuvchiga ajratiladi. Bular normal va urinma kuchlanishlardir.