Menejment asoslari

Ushbu qoʻllanma bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining noiqtisodiy yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga "Menejment asoslari" fanini oʻrganishda koʻmaklashishga moʻljallangan. Unda fanning predmeti, vazifalari, tashkiliy tuzilmalari, boshqaruv usullari, qaror qabul qilish jarayonlari, strategik rejalashtirish, xodimlarni boshqarish, rag'batlantirish nazariyalari, nazorat turlari, samaradorlik ko'rsatkichlari va boshqa muhim mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Menejment asoslari fanining predmeti va vazifalari: Menejmentning mohiyati, vazifalari, predmeti, izlanish uslublari va kursning mazmuni,vazifalari bayon etilgan.
  • Menejmentning tashkiliy tuzilmalari: Menejmentning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha,tashkiliy tuzilmalar turlari,tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish va ularning ahamiyati ochib berilgan.
  • Boshqaruv usullari, rahbarlik va uning madaniyati. Boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qabul qilish bosqichlari: Menejmentning iqtisodiy, tashkiliy farmoyish va ijtimoiy-psixologik usullari, boshqaruv qarorlarining mohiyati, tasnifi, talablar, tayyorlash jarayoni va qabul qilish usullari ko'rsatilgan.
  • Strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish: Strategik rejalashtirishning maqsad va vazifalari, muhit tahlili, strategiyalarning turlari, korxona missiyasi va ahamiyati ochib berilgan.
  • Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish usullari: Ishlab chiqarish jamoasi haqida tushuncha, tashkil topishi va ijtimoiy-psixologik iqlimi bayon etilgan.
  • Rag'batlantirish nazariyalari, usullari, turlari va modellari. Boshqaruvda vakolat va mas'uliyat: Mehnatni rag'batlantirishni tashkil qilishni takomillashtirish, uning yo'llari va mazmuni, usullari, vakolat va mas'uliyat tushunchalari va turlari ochib berilgan.
  • Boshqaruvda nazorat va uning turlari: Boshqaruv nazorati, uning mohiyati, shakllari va amalga oshirish vositalari, nazorat tizimida iqtisodiy tahlil, menejment va moliyaviy nazoratning ahamiyati yoritilgan.
  • Boshqaruv samaradorligi ko'rsatkichlari va mezonlari: Samaradorlikka kompleks yondashuv, biznes-reja va samaradorlik, boshqaruvni tashkil etish, kommunikatsiya, qaror qabul qilish va samaradorlikni oshirish usullari ko'rsatilgan.