Umumiy o‘rta maktablar 7-sinf kimyo darsligidan foydalanish uchun

Ushbu kitob umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun kimyo fanidan metodik qo'llanma bo'lib, darslikni o'qitishda o'qituvchilarga amaliy yordam berishga mo'ljallangan. Qo'llanma kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, moddalarning xossalari va ularning o'zgarishlari, noorganik moddalarning muhim sinflari kabi mavzularni qamrab oladi. Kitobda har bir darsning asosiy bosqichlari, amaliy mashg'ulotlar, masalalar yechish, test savollari va nazorat ishlari bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, o'quvchilarning bilimlarini aniqlashga e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari: Kimyo fanining predmeti va vazifalari, uning fan sifatida shakllanish tarixi, O'zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo'shgan hissalari, modda va uning xossalari, atom-molekulyar ta'limot, kimyoviy elementlar, valentlik, kimyoviy reaksiyalar va qonunlar haqida tushunchalar beriladi. Shuningdek, laboratoriya jihozlari bilan ishlash qoidalari va xavfsizlik texnikasi ko'rib chiqiladi.
  • Kislorod: Kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi, tabiatda tarqalishi, oddiy modda holati, olinishi, allotropik shakl o'zgartirishi bo'lgan ozon va kislorodning biologik ahamiyati, ishlatilishi, tabiatda aylanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Vodorod: Vodorodning kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi va uning tabiiy birikmalari bo'lgan kislotalar haqida dastlabki tushunchalar berilishi bilan birgalikda vodorodning olinishi, molekulyar vodorod, xossalari haqida ma'lumotlar yoritilgan. Vodorodning sof ekologik yonilg'i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi mavzulari o'rganiladi.
  • Suv va eritmalar: Suvning murakkab modda ekanligi, elementar tarkibi, molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi, xossalari, tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi haqida dastlabki tushunchalarni beriladi. Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari, suvni tozalash usullari oʻquvchilarning ekologik tarbiyasi doirasida bilimlar olishini koʻzda tutadi. Suv erituvchi, eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushunchalarni beriladi.
  • Noorganik moddalarning eng muhim sinflari: Moddalarning toifalanishi, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi, ularning toifalanishi, olinishi va xossalari, ishlatilishi haqidagi tushunchalar va nazariy bilimlar beriladi. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning oʻzaro genetik bogʻlanishi koʻrib chiqiladi.