“XITOYDA ENERGETIKA SANOATINING RIVOJLANISh MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISh YO‘LLARI”
Ushbu kitob, O'zbekiston va Xitoyning energetika sohalarini qiyosiy tahlil qiladi. Unda Xitoy energetika tarmog'ining rivojlanish bosqichlari, O'zbekiston uchun alternativ energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari va har ikki davlat o'rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Jahon iqtisodiyotida energetika tarmog'ining roli va ahamiyati: Ushbu bob jahon iqtisodiyotidagi energetika tarmog'ining o'rni, energetika resurslarining ahamiyati va energetika sohasining rivojlanish tendentsiyalari tahlil qilinadi.
- Xitoy energetika tarmog'ining rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari: Bu bobda Xitoy energetika sohasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, asosiy xususiyatlari va kelajakdagi istiqbollari tahlil etiladi.
- Xitoy energetika sohasining rivojlanish istiqbollari: Bu bobda Xitoyning zamonaviy energetika tarmog'ining rivojlanishi va unga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta'siri, shuningdek, alternativ energetika manbalarini rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqiladi.
- Oʻzbekiston sharoitida Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari: Bu bobda Xitoyning energetika sohasidagi yutuqlaridan Oʻzbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari, asosan alternativ energetika manbalarini Oʻzbekistonda tadbiq qilish masalalari oʻrganiladi.