O`zbek xalqi va tilining etnogenezi hamda etnik qatlamlari
Kitob O'zbek xalqi va tilining etnogenezi hamda etnik qatlamlariga bag'ishlangan maqolalar to'plamidan iborat. Unda O'zbekiston hududida qadimda yashagan xalqlar, ularning tili, madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi va davlatchiligi tarixiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda, shuningdek, o'zbek xalqining shakllanish jarayoni, uning etnik tarkibi va nomlanishi masalalari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Ajdodlarimiz hamda ularning etnogenezi va etnik tarixi haqida: Sobiq ittifoq davrida milliy xalqlar va tillarning o'zligini saqlash cheklanganligi, mustaqillik sharofati bilan o'zlikni anglashga keng imkoniyat yaratilganligi, xalqimizning o'z o'tmishini bilishga qiziqishi kuchayib borayotganligi haqida so'z yuritiladi. Prezidentimiz I.A.Karimovning o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi degan fikrlari davr talabi asosida aytilganligi ta'kidlanadi.
- Eng qadimgi yozma manbalarda ajdodlarimiz haqidagi ilk ma'lumotlar: Tarix xalqimizning shajarasi ekanligi, uni o'rganmay turib milliy o'zlikni anglab bo'lmasligi, o'zbek davlatchiligi tarixini eng qadimgi davrlardan boshlab o'rganish zarurligi, o'zbek xalqining etnik tarkibi va shakllanishi jarayonini yoritish lozimligi, bu borada grek-yunon, hind, xitoy, arab, fors manbalarining ahamiyati haqida fikrlar bildiriladi.
- Makaziy Osiyoda yashagan eng qadimgi urug' va qabilalar: Skif, sak(shak), massaget, xorazmiy, dak, sug'd, o'g'uz, sarmat, xun (xunn), turk nomi bilan atalgan qabilalar Markaziy Osiyo hududlarida yashaganligi qayd etilgani, bu qabilalar o'zlariga xos hukmron mavqyeiga ega bo'lgan ittifoq (birlashma)lariga ega bo'lishganligi, ular hukmronlik qilgan birlashmalarga turli tilda gaplashuvchi katta-kichik urug' va qavmlar bo'ysunganligi haqida ma'lumotlar beriladi.
- Skiflar va ularning birlashmasi (davlati): Miloddan avvalgi davrlarda yashagan elatlar (qabilalar) halq, millat sifatida shakllanmaganligi, Skif va uning nomi bilan atalgan sak, dax, xorazmi, sug'd va boshqalarni hozirgi qaysi xalqqa-millatga mansub ekanligini aniqlash qiyinligi, Sug'diyonada yashovchi qabila va urug'larning yashash sharoiti, urf-odati, kiyinishi, tillari bir-biriga yaqin bo'lganligi, to'g'rirog'i, ular o'zaro munosabatda bir-birlarini tushunishgan, aralash holda yashashb, umumiy nom bilan skiflar deb ham atalganlar haqida so'z yuritiladi.
- Qadimgi xorazmiylar va ularning birlashmasi (davlati): Xorazmiylar Markaziy Osiyodagi ancha qadimiy va qudratli qabilalardan biri bo'lganligi, bu qabilaning o'tmishi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, miloddan avvalgi IX-VIII asrlar bilan o'lchanishi, Xorazm hududidan topilgan va “Amirobod madaniyati" deb nomlangan arxeologik yodgorliklar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Shumerlar va ularning birlashmasi (davlati): Qadimgi tarixni o'rganishda mahalliy yozma manbalarning ahamiyati, Misrning qadimgi tarixini o'rganishda "Piramidalar matnlari” va "Marhumlar kitobi", yahudiylar uchun "Tavrot", yeropaliklarda "Injil", hindlar uchun "Rigveda", Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o'rganishda esa “Behistun” (“Bhyeston") qoyatoshi, "Naqshi Rustam”, “Suza” bitiklari va “Persepol devoridagi rasmlar", ayniqsa, "Avesto” asari kabi yozma manbalar muhim o'rin egallashi aytiladi.
- Sug'dlar va ularning birlashmasi (davlati): Tarixiy manbalarda yozilishicha sug'dlar O'rta Osiyoda istiqomat qiluvchi eng qadimgi elatlardan sanalganligi, Hatto, eng qadimgi tarixiy manbalarda O'rta Osiyodagi katta hudud, garchi bu hududda juda qo'p nufuzli qabilalar yashagan bo'lsa-da, sug'dlar nomi bilan atalgan-So'g'diyona viloyati tilga olinishi aytiladi.
- Saklar va ularning birlashmalari (davlatlari): Sak qavmlari haqida grek-yunon manbalarida skiflarning tarkibiy qismlari sifatida ancha keng ma'lumotlar berilganligi, Ular Makidoniyali Iskandar istilosigacha Sirdaryoning quyi oqimlarida masagetlar bilan qo'shni holda yashaganligi ta'kidlanadi.
- Massagetlar va ularning birlashmalari (davlatlari): Tarixiy manbalarda yozilishicha, miloddan avvalgi davrlardagi ajdodlarimizning turmush tarzi har xil kechgan. Ma'lum bir hududdagi qabilalar tarkibida yashagan urug'lar boshqa yerlardagi qabilalar birlashmalarida ham mavjud bo'lganligi aytiladi. Yunon sayyohi Gerodotning (miloddan avvalgi V asr) ma'lumoticha, massagetlar Kaspiy dengizidan sharqdagi tekislik (Qoraqum)da, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida yashaganlar.
- Sarmatlar va ularning birlashmasi (davlati): Sarmatlar ham Markaziy Osiyoda yashab o'tgan qadimgi qabilalardan biri bo'lganligi. Gerodotning ma'lumotlariga ko'ra, ular qadim davrlarda Don daryosi bilan Azov dengizi oralig'ida yashab kelishgan va skif qabilalari bilan urug'dosh bo'lganlar.
- Xunnlar va ularning birlashmalari (davlatlari): Tarixiy manbalarda xunn(xun) nomi bilan atalgan qabilalar haqida anchagina ma'lumotlar mavjudligi. Xasan Ato Abushiyning (XIX-XX asr boshi) yozishicha, "Xunlar miloddan avvalgi davrlarda Oltoy tog'laridan boshlab Tibet, Chin xududlarining shimoliy g'arb sahrolarigacha hamda Torim nahri va Lubnur(Lubnor) ko'llarigacha, hozirgi Mo'g'uliston sahrolaridan Turkistonu, Qirg'iziston sahrolariyu, O'rol tog'lariga qadar keng yaylovlarga tarqalishgan.
- Eftalitlar va ularning birlashmasi (davlati): Tarixiy manbalarda Buyuk Xun imperiyasi tanazzulga uchragan davrlardan boshlab, Kun xon boshchiligidagi turkiy qabilalarning Oq Xunlar nomli davlati yuzaga kelganligi. Bu davlat Nasimxon Rahmonning yozishicha, O'rta Sharqiy-Xun-Eftaliy saltanati nomi bilan ham atalgan.
- Tavg'achlar va xung-nular hamda ularning birlashmasi (davlati): Tavg'achlar ham xun imperiyasi tarkibidagi turkiy urug'lardan biri bo'lganligi. Bu urug'lar ham xunnlar davlati inqirozga uchragan davrlarda kuchayib o'z birlashmasini tuzganligi. Zero, shu davrlarda Shin-si, Kan-si, Yan-si daryosiga qadar cho'zilgan sohillar va Markaziy Osiyodagi Qashg'ar, Turfon hududlari hamda Urxun vodiysidagi jujan davlati sharqidagi ba'zi joylarda hukmronlik qilgan Tavg'ach nomli davlat ham yuzaga kelgan edi.
- Qanxa (qang'ar-qangli)lar va ularning birlashmasi (davlati): Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Markaziy Osiyoning qadimgi aholisi turkiy tilli bo'lgan. Chunonchi, A.Asqarovning yozishicha, janubiy Turon hududlari aholisining etnik tarkibi asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan. Shning uchun ham bu yerlarga qadimdan Turkiston nomi berilgan. O'rta Osiyoning janubiy chegaralarida qadimdan eroniy tillar aholisi ham yashab kelishgan. Demak, turkiy va eroniy tilli qabilalar bu mintaqalarda aralash yashashgan.
- O'zbek xalqi va tilining shakllanishi hamda nomlanish masalalasi: O'zbek xalqi va tilining shakllanish davrini uzil kesil aniqlab belgilash nihoyatda muhim va murakkab masalalardan ekanligi. Keyingi davrlarda bu borada tarixchilarimiz juda katta izlanishlar olib borib, juda muhim ilmiy va asosli fikrlarni aytishga muvaffaq bo'ldilar. Shuning uchun ham o'zbek xalqining va tilining shakllanishi davrlarini ham shu asosda belgilaydilar.